TG Telegram Group & Channel
Xushnudbek.uz | United States America (US)
Create: Update:

Bugun Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Sherzodxon Qudratxo’janing O’zbekistonda yashab turib, o’zbek tilini bilmaydigan insonlar haqida aytgan gapi uchun O’zbekiston elchisini chaqiribdi.

Qiziq, elchimizni taklif qilishmabdi, balki chaqirishibdi. Butun boshli “O’zbekistonni bosib olaylik” degan ahmoqning gapidan keyin bizning TIV Rossiya elchisini taklif qilgan edi. Kim bilsin, balki biznikilar o’shanda xijolat bo’lib, uzr ham so’ragandir.

Xullas, Rossiya TIV fikricha, Sherzodxon Qudratxo’janing keskin fikri ikki tomonlama do’stona munosabatlariga teskari emish va ruslar O’zbekiston TIVdan shu holat bo’yicha izoh talab qilishibdi.

Iya, O’zbekistonda yashaydiganlardan o’zbek tilini hurmat qilishni so’rash, qachondan buyon O’zbekiston-Rossiya aloqalariga zid bo’lib qoldi? Mantiq yo’q.

Xullas, biznikilar ham xuddi ruslarning o’zi kabi javob berishi kerak: Sherzodxon Qudratxo’janing fikri o’zining shaxsiy pozitsiyasi bo’lib, so’z va fikr erkinligidan foydalanyapti. Bu fikrlar Toshkentning rasmiy pozitsiyasini anglatmaydi. Tamom. Yetadi.

Axir Rossiya tomoni ham Zaxar Prilepinga o’xshagan potensial bosqinchi-okkupantlarning fikriga xuddi shunaqa javob berdiku.

Tag’in, uzr so’rab, sharmanda qilib o’tirmanglarey, hurmatli mas’ullar.

👉 @xushnudbek 👈

>>Click here to continue<<

Xushnudbek.uz

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)