TG Telegram Group & Channel
Xushnudbek.uz | United States America (US)
Create: Update:

Bunaqa ifloslarga Tashqi ishlar vazirligi rasmiy javob berishi shart va zarur

Rossiyalik Zaxar Prilepin ismli harbiy amaldor O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish, u yerda rus tilini o‘rgatish kerakligi haqida gapiribdi. 2 mln odami bizda ishlayaptimi, demak, bizda ularning yerini bosib olishga haqqimiz bor, debdi.

Mamlakatga kelayotgan immigrantlarning davlatini bosib olish kerak, degan gapiga zaldagi boshqa ruslar ham gulduros qarsak chalibdi. Bu ham aksariyat rus amaldorlarining asl basharasi va ko‘nglidagi xohishini ko‘rsatadi.

Prilepin ruslar Kiyevda g‘alaba qozonib, parad o‘tkazganidan so‘ng O‘zbekiston kabi davlatlarni bemalol bosib olishiga hech kim qarshilik qila olmasligini taʼkidlagan.

Endi bu bo‘yicha mening fikrlarim:

Birinchidan, bunaqa ahmoqlarga albatta rasmiy javob berilishi kerak. Turli nodavlat tashkilot vakillarining bayonotlari bilan cheklanmaslik zarur. Albatta rasmiy, davlat pozitsiyasini ifodalovchi, qat'iy va dadil javob bo‘lishi shart.

Ikkinchidan, bunaqa potensial bosqinchilarga O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq daʼvat qilish (JK 159-modda) aybi bilan sirtdan jinoyat ishi qo‘zg‘ash kerak. Buning uchun barcha yetarli dalillar bor. Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab bo‘la oladi.

Uchinchidan, Muhrim aytganidek, "SSSR qanday parchalangan bo‘lsa, o‘sha holida tiklanishi kerak", "SSSR noqonuniy parchalangan, uning parchalanishi haqidagi hujjatlar noqonuniy va haqiqiy emas" degan gaplar ham O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish deya baholanishi kerak. O‘zbekiston hududida ham kimdir shu kabi gaplarni aytsa, albatta jazolanishi shart. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston mustaqilligini shubha ostiga qo‘yadigan, Vatanimizni yana mustamlaka qilishga olib boradigan har qanday targ‘ibotga ayovsiz chora ko‘rilishi kerak. "Ha, mayli endi, so‘z erkinligi bu, shaxsiy fikrini aytibdi" degan bahonalar o‘tmaydi. Har qanday so‘z erkinligining chegarasi bor. Vatan mustaqilligi mavzusi muqaddas bo‘lishi shart va zarur, bu mavzuda boshqacha talqinlarga o‘rin yo‘q.

👉 @xushnudbek 👈

>>Click here to continue<<

Xushnudbek.uz

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)