So‘m mustahkamlanishda davom etmoqda
Quyida so‘nggi kunlarda ba’zi valyutalar kursining dollarga nisbatan o‘zgarishi keltirilgan. Grafikda so‘m, Braziliya reali hamda Polsha Zlotiysidan keyin dollarga nisbatan eng yuqori mustahkamlangan valyuta bo‘lgan. So‘nggi 5 sessiyada so‘m dollarga nisbatan 0,7 foizga mustahkamlangan (agar bugungi prognozniyam qo‘shsak mustahkamlanish 1 foizdan oshadi).
Shuningdek, asosiy hamkorlarimiz valyutalaridan rubl bu davrda dollarga nisbatan 0,5 foizga, yuan esa 0,03 foizga mustahkamlangan. Yevro (-0,7 foiz), iyena (-0,3 foiz) kabi valyutalar esa hafta davomida dollarga nisbatan eng yuqori qadrsizlangan valyutalar bo‘lgan.
24-iyun kuni amal qiladigan dollar kursi yana 81-82 so‘m atrofida atrofida pasayishi prognoz qilinmoqda. Ayni vaqtda rasmiy dollar kursi 12 496.94 so'm bo'lib turibdi.
@lazizhamidov
>>Click here to continue<<
