So‘m mustahkamlanishda davom etmoqda
Quyida so‘nggi kunlarda ba’zi valyutalar kursining dollarga nisbatan o‘zgarishi keltirilgan. Grafikda so‘m Braziliya reali hamda Polsha Zlotiysidan keyin dollarga nisbatan eng yuqori mustahkamlangan valyuta bo‘lgan. So‘nggi 5 sessiyada so‘m dollarga nisbatan 0,7 foizga mustahkamlangan (agar bugungi prognozniyam qo‘shsak mustahkamlanish 1 foizdan oshadi).
Shuningdek, asosiy hamkorlarimiz valyutalaridan rubl bu davrda dollarga nisbatan 0,5 foizga, yuan esa 0,03 foizga mustahkamlangan. Yevro (-0,7 foiz), iyena (-0,3 foiz) kabi valyutalar esa hafta davomida dollarga nisbatan eng yuqori qadrsizlangan valyutalar bo‘lgan.
So‘mning dollarga nisbatan mustahkamlanishi sabablari haqida oldindan yozib kelaman. Xususan, joriy mustahkamlanish AQSh va butun dunyo iqtisodiyotidagi noaniqliklar (dollarni qadri pasayishiga xizmat qilmoqda), yuqori oltin narxi fonida keskin o‘sayotgan oltin eksporti (4 oyda 5,6 mlrd dollarga yetgan), pul o‘tkazmalarining kutilmalarga nisbatan yuqori shakllanayotganligi (bunda rubl mustahkamlanishi katta rol o‘ynamoqda), savdo balansidagi profitsit ( fevral, mart, aprel oylarida), kutilmalarning o‘zgarishi (jamg‘arish bo‘yicha qarorlarga ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin), kabi omillar bilan izohlanishi mumkin.
P.s tanlab olingan valyutalar aniq kriteriya bo‘yicha tanlanmagan (biz va jahon iqtisodiyotiga muhimroq deb hisoblaganlarimni qoldirganman). Ya’ni grafikdagi valyutalarga nisbatan ko‘proq mustahkamlangan yoki qadrsizlangan valyutalar mavjud.
@Mirkonomika
>>Click here to continue<<
