XORAZM VILOYATIDAGI 56 TA MAHALLALARDAGI 63 827 DONA XONADONLARNING ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTI YANADA YAXSHILANADI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida qaroriga asosan, Xorazm viloyatidagi elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yaxshilash va barqarorligini oshirish maqsadida 2025-yil davomida 3 636 dona temir-beton tayanchlarni oʻrnatish, 141,6 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 70 dona transformator punktlarini yangidan qurish va modernizatsiya qilish ishlari rejalashtirilgan.
Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida, belgilangan reja asosida viloyatning barcha tumanlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ushbu amaliy ishlar natijasida Xorazm viloyatidagi 56 ta mahallalardagi 63 827 dona xonadonlarning elektr energiyasi taʼminoti yanada yaxshilanadi.
Tafsilotlar viloyat teleradiokompaniyasining “Xorazm 24” informatsion dasturi lavhasida.
>>Click here to continue<<