Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash yuzasidan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Energosavdo filiali Xorazm bo`linmasi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida reyd tadbirilari o’tkazilmoqda.
Xususan, Shovot tumani “Uzunko’l” mahallasida dehqonchilik faoliyati bilan shug’ullanuvchi B.R. fermer xo’jaligining elektr energiyasidan foydalanish holatlari o`rganilganda jami quvvati 11 kVt bo’lgan suv nasosi elektr hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlanib ushbu qoidabuzarlik yuzasidan elektron dalolatnoma rasmiylashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 867,2 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hurmatli iste’molchilar, elektr energiyasidan qonuniy va samarali foydalanishingizni so‘rab qolamiz!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
>>Click here to continue<<
