JavaScript framework'lari haqida.
🔷 Framework bu maʼlum bir dasturni maqsadli tarzda yaratish uchun mo‘ljallangan funksiyalar yig‘indisidir.
🔷 O'zimiz uchun Framework tanlashda biz uning qanchalik ommaviyligi, vaqt o'tishi bilan o'zining ommaviyligini saqlab qolishi va bozordagi talabiga qarab tanlashimiz maqsadga muofiq bo'ladi.
🔷 Hozirgi kunga kelib JavaScript uchun mo'ljallangan Frameworklar juda ko'p va ular orasida eng ko'p ishlatiladiganlariga to'xtalib o'tamiz. Bular React, Angular va Vue.
🔷 Amerikaning Indeed.com saytining o'tkazgan so'rovnomasiga ko'ra ish beruvchilar talabi quyidagicha.
Unga ko'ra:
- Vue.js 0.8 %
- Angular 21.0 %
- React 78.1 %
talab natijalari e'lon qilingan.
🔶 Angular - bu Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan JavaScript framework! U bizga, ya'ni dasturchilarga sahifani yanada dinamik qilishda yordam beradi, Angular 2016 yil 14 sentabrda keng ommaga taqdim etildi. Shu kundan beri web dasturchilar tomonidan juda keng qo'llanib kelinmoqda va dasturlashdagi eng so'nggi texnologiyalar sirasiga kiradi.
🔶 Vue - bu 2013-yilda ishga tushirilgan, juda moslashuvchan foydalanuvchi interfeyslari va murakkab yagona sahifali ilovalarni yaratishga moslangan JavaScript kutubxonasi hisoblanadi.
🔶 React - bu Facebook tomonidan yaratilgan, UI (User Interface) yaratish imkonini beruvchi front-end JavaScript texnologiyasidir. Bu platforma dasturchilarga o’zining komponentlarga asoslashgan arxitekturasi bilan judayam qo’l keladi. Avvallari bunday imkoniyat faqat Java yoki C# dasturlash tillarida mavjud edi.
☑️ Xulosa: Haqiqiy dasturchi uchun tanlovning hech qanday muhim farqi yo'q, chunki dasturchi faqatgina yangi narsalarni o'rganish uchun vaqt sarflaydi. Professional dasturchilar ko'pincha ReactJS va Angular 2/4/5 bo'yicha tajriba orttirishadi, lekin Vue.js'dan ham foydalanib turishadi. Har bir tizimning afzalliklari va kamchiliklari mavjud, ya'ni mahsulotni ishlab chiqishda har bir ish uchun faqat to'g'ri tanlov bo'lishi kerak.
@webdev07
>>Click here to continue<<
