TG Telegram Group & Channel
UZBEKISTAN AIRPORTS | United States America (US)
Create: Update:

Toshkent aeroportida "Fast Track", "CIP" va Anor zalida qolish xizmatlarini qanday qilib oldindan xarid qilish mumkin?

Siz Toshkent xalqaro aeroportida "Fast Track", shuningdek, Anor va "CIP" zallarida qolish xizmatlarini uch xil usulda oldindan xarid qilishingiz mumkin:

🔹Rasmiy veb-saytwww.uzairports.com orqali. Buning uchun siz asosiy sahifaga o'tishingiz va "Xizmatlar"ni tanlashingiz, kerakli xizmatni va kerakli reysni tanlashingiz kerak. Shundan so'ng sayt familiyangizni va ismingizni lotin tilida, telefon raqamingiz va elektron pochtangizni kiritishingizni "so'raydi". So'ngra sayt Click* to'lov tizimi orqali to'lash uchun havolani taklif qiladi.

🔹Rasmiy Telegram bot@UzairportsBot orqali. Buning uchun botni ishga tushirish, Toshkent aeroporti, jo‘nash terminali va kerakli reysni tanlash kerak. Keyin bot sizdan familiyangizni va ismingizni lotin tilida kiritishingizni "so'raydi". Shundan so'ng siz Click* to'lov tizimi orqali xizmat uchun to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.

🔹+99855 501 45 55 telefon raqami orqali Yagona aloqa markazidan. Buning uchun operatorga yo'lovchi toʻliq ism-sharifini, jo'nash sanasi, parvoz raqami, chipta raqami va aloqa telefon raqami. Belgilangan raqamga xizmat tavsifi va Click* to'lov tizimi orqali to'lash uchun havola ko'rsatilgan SMS xabar yuboriladi.

Xizmatni veb-sayt, Telegram bot yoki Aloqa markazi orqali sotib olganda yo‘lovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aeroportda xizmat ko‘rsatiladigan joyga murojaat qilishi va to‘liq ismi va parvoz raqamini ko‘rsatishi kerak.

"Fast Track", "CIP-lounge" va Anor xizmatlari bilan "Uzbekistan Airports" rasmiy sayti — www.uzairports.com orqali tanishishingiz mumkin.

*Agar Click mobil ilovasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, to‘lash uchun bank kartalaridan biri Humo yoki UzCard rekvizitlarini kiritish kerak bo‘ladi.

Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | X | IOS/Android |

>>Click here to continue<<

UZBEKISTAN AIRPORTS

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)