Abituriyentlarga imtihon javoblari chiqqandan keyin yo‘nalish tanlash imkoni berilishi mumkin
#abituriyent
Yaʼni hozir beshta yo‘nalishning ketma-ketligini oldindan tanlash kerak. Byudjet yoki kontrakt ustuvorligiga qarab, qaysi yo‘nalishga kirgani maʼlum bo‘ladi. Javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar men to‘rtinchi yo‘nalishda o‘qimoqchiman, men uchinchini tanladim, deya olmaydi.
Endigi rejaga ko‘ra, javoblar chiqqandan so‘ng abituriyentlar bali yetgan beshta yo‘nalishdan qaysi birini tanlashni o‘zi hal qilishi mumkin bo‘ladi.
Faqat bu joriy yildan bo‘lmasligi aniq. Kelgusi yillarda shunday qilishmoqchi.
Bu haqda 2 yil avval DTMning masʼullari bilan shu masalada gaplashgandik. Aynan shunaqa tizimga o‘tish kerakligi, bu adolatdan bo‘lishi va buni texnik jihatdan amalga oshirish imkoniyatlari haqida fikr almashgandik. Agar kelgusi yildan shunaqa tizim ishga tushsa, haqiqatdan abituriyentlar uchun juda foydali va qulay bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
>>Click here to continue<<