Avvalgi avlodlarda o‘g‘il o’z otasining madaniy turmush tarziga, hayotiy tajribasiga, uning chizib bergan chizig’iga, tom ma’noda aynan otasidek bo’lishga intilardi. Ota o‘g‘lining o‘ziga o’xshamasligidan, o’zgacha shaxs bo‘lishidan qo‘rqmasdi. Chunki ular o‘rtasida deyarli farq yo‘q edi. Ular orasida shunchalik kuchli his-tuyg‘ular va aloqalar bor ediki, so‘zlarida hech qanday shubha yoki ikkilanish sezilmasdi. Biroq bugun esa bunday emas. Bizning avlodni o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, xoh Sharqda, xoh G‘arbda bo‘lsin, keksa avlod bilan yosh avlod o‘rtasidagi madaniy hamda dunyoqarash bilan bog’liq masofadir. "Taqvimdagi vaqti" nuqtai nazaridan ularning orasidagi masofa 30 yil, jamiyat vaqti nuqtai nazaridan esa 30 asr.
Ali Shairatiy - “Fotima bu Fotima”
👉 @umarhalil 👈