Jamiyatimizda ikki qutbli ayollik modeli mavjud. Biri "An’anaviy qolip"dagi ayollar. Bular o‘zlik muammosiga duch kelsihmaydi, ya’ni ular men kimman? Qanday bo’lishim va yashashim kerak? degan savollarga ro’baro kelishmaydi. Ular tug’ilganidan boshlab bu an’anani qabul qiladilar va ichida yashaydilar so’ngida esa bu an’anani keyingi avlodga meros qoldiradilar. Keyingisi esa G’arb sivilizatsiyaning hosilasi bo’lgan erkinlik va individuallik madaniyatini qabul qilayotgan ayol modeli. "Yangi import qilingan qolip"ni qabul qilgan ayollar esa o‘zga o‘zlikni qabul qilganlar. Bu qolipdagi ayol an’anaviy madaniyatni, turmush tarzi va obrazini rad etishga intiladi. Biroq, bu ikki turdagi "qolipga solingan ayollar" o’rtasida o‘zlarining nasliy, an’anaviy-majburiy shaklini ham, yangi kirib kelayotgan shaklni ham qabul qila olmaydiganlar bor. Ular nima qilishlari kerak? Ular o‘zlari qaror qabul qilishni, o‘zlarini rivojlantirishni xohlaydilar. Ularga namuna, ideal o‘rnak, qahramon ayol kerak. Ular uchun "Men kimman va kim bo‘laman?" savollari juda muhim. Fotima shaxsiyati esa o‘z "borlig‘i" orqali ushbu savollarga javob beradi.
Ali Shariatiy - “Fotima bu Fotima”
👉 @umarhalil 👈
>>Click here to continue<<
