Turk tili Milliy Sertifikat imtixonlariga ham oz qoldi!
Imtixon quyidagi tartibda bo'lib o'tadi:
🎧 Dinleme qismi:
Har bir dinlemeda savollarni oʻqishga 1 daqiqa va javoblarni belgilashga 30 soniya vaqt beriladi. Bitta variantda 5-6 ta dinleme boʻladi.
📖 Okuma qismi:
4-5 ta okuma matni va jami 30 ta test beriladi.
🖋 Yazma qismi:
2 ta topshiriqdan iborat boʻladi.
1-rasmiy yozuv (e-posta) so'z limiti: 150 ta
2-insho (kompozisyon) so'z limiti: 250 ta
🎙 Konuşma qismi:
3 ta topshiriqdan iborat boʻladi.
1-topshiriqda bitta mavzu doirasida 5 ta savolga javob berish talab etilib, tayyorlanish uchun vaqt berilmaydi;
2-topshiriqda sizga bitta mavzu beriladi, shu boʻyicha 2 daqiqa gapirishingiz kerak bo'ladi. Tayyorlanishga 1 daqiqa vaqt beriladi;
3-topshiriqda turli xil mavzulardan 4 ta savol beriladi va siz har biriga 30 soniyadan javob berishingiz kerak.
>>Click here to continue<<