📌 Stajirovka jarayonidan
2025-yil 27-iyun kuni Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar xodimlari uchun universitetda navbatdagi stajirovka mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Stajirovka dasturining 13–14-bandlariga muvofiq, Axborot-resurs markazi tomonidan axborot-kutubxona ish faoliyatini tashkil etish va yuritish, fondning saqlanishini ta’minlash, elektron kutubxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, axborot-kutubxona hujjatlari (inventar varaqlari, yuk xatlari va boshqalar) asosida yangi adabiyotlarni qabul qilish va ularni o‘quv zallariga taqsimlash, axborot-kutubxona resurslari orqali xizmat ko‘rsatish (abonement, o‘quv zallari, kitob saqlash jarayonlari) bo‘yicha zaruriy nazariy va amaliy ma’lumotlar taqdim etildi.
📚 Mazkur mashg‘ulotlarda TDYU huzuridagi Samarqand viloyatidagi hamda M.S. Vosiqova nomidagi akademik litseylarning Axborot-kutubxona texnologiyalari markazi xodimlari — Raxmatullayeva Kamola Amirkulovna va Boqiyeva Gulnoza Dustmuhammadovna ishtirok etdilar.
🔍 Stajirovka davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyatining amaliy jihatlarini bevosita kuzatish, ish jarayonlarini o‘rganish hamda nazariy bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
📲 Yangiliklardan doimiy xabardor bo‘ling: 👉 @tsullibrary
>>Click here to continue<<