✨ Tashrif
🏛 Oliy ta’lim rahbar kadrlari Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdilar
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Axborot-resurs markaziga Boshqaruv Ilmiy-Metodik Markazi (BIMM)da malaka oshirayotgan oliy ta’lim sohasidagi rahbar kadrlar tashrif buyurishdi.
📌 Tashrifning asosiy maqsadi – zamonaviy kutubxona tizimi, axborot-resurs markazining infratuzilmasi va uning ilmiy-ta’limiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.
📚 Mehmonlarga Axborot-resurs markazi tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar, elektron kutubxona platformalari, raqamlashtirilgan fondlar, foydalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Tashrif davomida rahbar kadrlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, markaz faoliyatini yuksak baholab, oliy ta’lim muassasalari kutubxonalarida ana shunday ilg‘or tajribalarni tatbiq etish zarurligini ta’kidladilar.
📌 Yangiliklardan doimiy xabardor bo‘ling: 👉 @tsullibrary
>>Click here to continue<<