📢 DIQQAT! 2025-YIL 28-MARTDAN AVTOBUS YO‘NALISHLARIDA O‘ZGARISHLAR KIRITILADI! 🚍
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan 2025-yil 28-martdan quyidagi o‘zgarishlar amalga oshiriladi:
✅ 190-sonli avtobus yo‘nalishi
🔹 “Yangibozor AShB - Mashinasozlar metrosi” yo‘nalishi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha bir tomonlama harakat qiladi. Keyin o‘zining avvalgi yo‘nalishi bo‘ylab harakatni davom ettiradi.
🆕 Yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi ochiladi!
🚍 “O‘zbekiston mehmonxonasi bekati - Yangi Toshkent bekati” yo‘nalishi tashkil etiladi.
🔹 Ushbu yo‘nalish Maxtumquli va Yangi O‘zbekiston yo‘li ko‘chalari orqali harakatlanadi.
✅ 137-sonli avtobus yo‘nalishi
🔹 Endilikda Istiqbol mahallasi bekatidan Parkent yo‘li ko‘chasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha ikki tomonlama harakat qiladi.
🔹 “Istiqbol mahallasi - Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi” yo‘nalishi “Yangi Toshkent bekati - Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi” deb nomlanadi.
ℹ️ Hurmatli yo‘lovchilar, ushbu o‘zgarishlarni inobatga olgan holda sayohatingizni rejalashtiringiz so'raladi.
Hurmat bilan,
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
>>Click here to continue<<
