TG Telegram Group & Channel
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi | United States America (US)
Create: Update:

RASMIY MUNOSABAT

Hurmatli yo‘lovchilar!

Ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, Telegram platformasida Toshkent viloyati aholisi tomonidan jamoat transporti bo‘yicha bildirilgan e’tirozlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Hozirgi kunda, Toshkent shahridagi barcha avtobus yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qaroriga asosan brutto-shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatmoqda hamda ushbu shartnomaga asosan avtobus yo‘nalishining harajatlari mahalliy budjet tomonidan qoplab berilmoqda.

3-sonli “Navro‘z bozori - Yunusobod dehqon bozori”, 115-sonli “ToshGRES ma’muriy binosi - Gulobod ko‘chasi” avtobus yo‘nalishlarini Toshkent viloyati, Qibray tumani Ma’rifat, Mirzo Ulug‘bek va Fidokor mahallasiga o‘zgartirish yo‘nalish masofasi va oraliq intervalni ortishiga olib keladi hamda yo‘nalishdan muntazam foydalanayotgan yo‘lovchilarning haqli e’tirozlarini keltirib chiqaradi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, hozirda 3-sonli va 115-sonli avtobus yo‘nalishlarini o‘zgartirish maqsadga muvofiq emasligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, Toshkent shahri jamoat tranporti uchun 200 ta katta sig‘imli zamonaviy elektrobuslarni xarid qilinishi va avtobus yo‘nalishlari tarmog‘i kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

1👍1🤔1

>>Click here to continue<<

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)