Talabalarimiz Yaponiyada amaliyot o‘taydi.
📌Bugun institutimiz rektori, professor Akmal Abdikaxarovich Sidikov xalqaro almashinuv dasturi doirasida Niigata Universitetida (Yaponiya) amaliyot o‘taydigan talabalarimiz — Anvarjon Soliyev va Samandarxo‘ja Yo‘ldoshxo‘jayev bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida rektor talabalarga ezgu tilaklarini bildirib, ularga muvaffaqiyatlar tiladi. Suhbat iliq va samimiy ruhda o‘tdi.
🔘Ushbu ikki talaba Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda Niigata Universiteti o‘rtasida 2025-yilgi yozgi almashinuv dasturi doirasida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lgan edi.
©FJSTI Matbuot xizmati: @fjsti
>>Click here to continue<<
