TG Telegram Group & Channel
Mari's planet🇺🇸️ | United States America (US)
Create: Update:

O'ZBEKISTONDA MEN VA AMERICADA MEN

Menda Americaga kelganimdan keyin ko'p narsalar o'zgardi. Men o'zgardim. Yangi meeeen😁😃. Xo'sh, nimalar? Bir-nechtasini sanab o'taman.

1. Kiyinishimga uncha e'tibor qilmaydigan bo'ldim. Concerned emasman endi. Avval yangi kiyim kiysam, o'rganguncha rosa siqilardim "voy o'zi yaxshi turibdimikin, hamma menga g'alati qarayotgandeykuu" deb. Yoki modadan o'tgan kiyim kiyishni xohlamasdim, uyalardim to'g'risi. Hozir o'ylab qarasam, ko'proq atrofdagilarni impress qilish uchun chiroyli kiyingan ekanman. Hozir esa o'zim uchun. Va modaga moslab emas. Va concerned bo'lmasdan kiyinaman. Chunki Americada meni kiyimim bilan itniyam ishi yo'q.

Hamma xohlagancha kiyinadi. Jazirama issiqda kurtkada o'tib ketsam ham hech kim e'tibor bermaydi menga. O'zbekistondagidek "endi kurtkaga o'tursek bo'larmikin, odamlar nima kiyyapti ko'chada, bor, derazadan qarachi, etikka o'tishibdimi?" degan gaplar yo'q🤪

2. Tax! Ya'ni soliq. Supermarketga kirsangiz, Americada kiyimlarga ham, groceriesga ham doim soliqni ham qo'shib hisoblanadi, shunga narxiga qaraganda ham miyamda soliqni hisobini chiqarvolaman. Masalan, kofta $35 + tax $3.5. Hamma shtatda tax foizi har-xil. O'zbekistonda esa, kofta 35 ming, kassada ham 35 ming to'lanadi. Qanday maza.

3. Avval O'zbekistonda yashaganimda ham, viloyatlarga ko'p sayohat qilardim va ko'p vaqtimni atrofni tomosha qilishdan ko'ra rasmga tushishga sarflardim😣. Hozir esa, aksi. Ko'proq tomosha qilaman, toza havodan nafas olaman, ayni lahzadan zavqlanaman. Rasmlarga qarab bu hislarni tuya olmayman

4. O'zbekistonda svetaforda meni yo'lim bo'lsa ham, mashinalarga 15 marta qarab o'tardim. Buyoqda esa hali yo'l oldiga yetmasimdan, haydovchilar meni ko'rib to'xtaab turishadi, hatto katta avtobuslar ham. Uyalib ketaman buncha e'tibordan🙈. O'zimni muhim shaxsdek tasavvur qilib, albatta "thank youuu" deb tabassum bilan o'tib ketaman.

Nimagadir O'zbekistonda hamma qayergadir shoshadi, judayam asabiy. Buyoqdagilar shoshishmaydi hech qayerga🧐🧐.

Buni davomi bor. Falsafiiiy gaplarim ham bor hali o'zgarishlarim haqida. Kutib turinglar❤️. Men esa challenge'imga sodiq qolib vazifalarimni bajaraman.

Comment yopiq, shunchun reaksiya orqali gaplashamiz faqat😚. Tushundingiz, xullas

Yours, Marvarid @thoughts_different

❤‍🔥528145🐳94👍91😁18🔥14💔14🎉12

>>Click here to continue<<

Mari's planet🇺🇸️

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)