Global UGRAD. Orzudagi Amerika tomon-2.
1 oydan oshiq vaqt o'tib ketdi. Lekin hech qanaqa xabar kelmasdi. Balki javoblar allaqachon chiqib bo'lgan, intervyu ham o'tib ketgandir, yana o'tgan yilgidek yozda rejection letter jo'natib yuborishar, deb o'ylay boshladim. Baribir ko'ngil hotirjam edi, umid bor edi.
21-aprel kechki payt 4larda ashula eshitib, oshxonada ovqat qilayotgandim, telefonimga qarasam gmail kelibdi. Global UGRAD 2021-2022 deb sarlavha qo'yilgan. O'tolmabman-da, deb o'yladim nimagadir. Hotirjaam gmailga kirdim, qarasam, "Congratulations" deb boshlangan xat🥳. Intervyuga taklif qilishyapti. Aaaaaaa, xursaaand bo'lib ketdim.
Kimga aytishimni bilmayman. Hammaga aytib yuborgim kelyapti. 600dan oshiq odam ichidan meni intervyuga olishgani ham katta muvaffaqiyat edi men uchun. Kanalimga - sizlarga jar solgim keldi. Lekin sir saqlashni ma'qul ko'rdim. 2 kishi bildi faqat o'tganim haqida. Chunki qo'rqardim, hammaga aytib chiqsam-u intervyudan o'ta olmay qolsamchi, keyin hammaning "nima bo'ldi UGRAD?" degan savoliga "o'xshamadii😔" deb javob berib chiqish eng yomoni edi men uchun.
Keyingi hafta intervyu. Intervyuga tayyorlanishni boshlashim kerak edi. Atay qilgandek, hamma narsa aprel oxiriga taqalgan: univerdan vazifalar, JACAFAdan intervyu nazoratiga chaqirishgan, uchrashuvlar... Intervyuga butun 1 haftani bag'ishlamoqchi edim.
Afsus. Shunda ham qo'ldan kelgancha, yaxshi tayyorlandim. JACAFAga tayyorlangandek hamma gaplarimni yozib, tartiblab, keyin gapirishga tayyorlandim (balkim o'sha qoralamani ham share qilarman sizlarga🤪).
Intervyu kuni keldi. Soat 13.45da edi. Soat 1 bo'lib, intervyu yaqinlashgan sari ichimda qaltiroq, nima bo'larkiiin, degan hayiqish. Amallab uni yo'qotdim: "Marvarid, bu shunchaki UGRAD. Seni hayot-mamotingni hal qilmaydi. Bundan o'tsang ham sen tirik qolasan, o'tolmasang ham. Bir eshik yopilsa boshqalari ochiladi albatta. Mobodo yutolmasang ham, hozier intervyuda yomon performance qilib chiqsang ham, xafa bo'lma. Demak shunisi sen uchun xayrli ekan".
13.43da zoomga kirdim. Vaqt shunaqa asta o'tardikiii, hech soat 45 bo'lmasdi. 13.48gacha meetingga meni qabul qilishmadi. Ungacha bo'larim bo'ldi.
Intervyu payti hayajonlanmadim. Samimiy bo'ldi. Zoomga kirishim bilan, intervyu oluvchilardan biri (ular 4 kishi edi) futbolkamga qarab "Woow , woman up" deb yubordi excitement bilan. Woman Up loyihasini futbolkasida ortimda Amerika kartasi bilan o'tirgandim. Hayajon bosilib ketdi shunda.
Birinchi savol "Introduce yourself" bilan boshlandi.
Davomi keyinroq. Uzrlarim.
Yours, TOEFLga qattiq tayyorlanayotgan Marvarid;)
@thoughts_different
>>Click here to continue<<