TG Telegram Group & Channel
Texnoplov⚡️ | United States America (US)
Create: Update:

Bugungi kunda biror kishini, ayniqsa siyosatchini sharmanda qilish uchun yashirin kamera yoki montaj shart emas - sun’iy intellektda bir necha daqiqa vaqt sarflash kifoya.

Jurnalistlarga O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyevaning go‘yoki "O‘zbekiston fuqarolarining maxsus harbiy operatsiyada ishtiroki qonuniy" deb aytgani haqidagi soxta video tarqatilmoqda.

Bu - yolg‘on.

Aslida Norboyeva bunday bayonot bermagan. Kun.uz saytida ham, Anhor.uz saytida ham bunday mazmundagi materiallar yo‘q va bo‘lmagan ham.

Senat matbuot xizmati ushbu ma’lumotni rasman inkor etib, bu mavzuda hech qanday intervyu bo‘lmaganini va keltirilgan iqtiboslar butunlay to‘qib chiqarilganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, firibgarlar asos qilib olgan video haqiqatan ham mavjud - biroq bu Kun.uz’ning 2023 yil dekabr oyida e’lon qilingan haqiqiy intervyusidan parcha bo‘lib, unda mutlaqo boshqa mavzu - Qashqadaryo viloyatidagi erta nikoh va urf-odatlar masalasi muhokama qilingan.

Unda Norboyeva "Qizimni uzatib qutulay degan niyatda bo‘lish kerak emas," deya voyaga yetmagan qizlarning turmush qurishini faxr deb bilmaslikka chaqirgan.

Biz raqamli texnologiyalar davrining yangi, nihoyatda xavfli bosqichiga qadam qo‘ydik. Endi ishonchsizlik to‘lqinini qo‘zg‘atish, tartibsizlik keltirib chiqarish yoki biror shaxsni obro‘sizlantirish uchun soxta ovoz yoki video yaratishning o‘zi kifoya.

Ko‘rgan yoki eshitganingizning barchasiga ishonib ketavermang.

@pulatov_kh

Forwarded from АйPulatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

>>Click here to continue<<

Texnoplov⚡️

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)