🛑AQSh Xitoy chip sanoatini kuchli zarbaga uchratmoqda!
⚙AQSh hukumati Xitoyga ilg‘or chip ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan EDA dasturlarini eksport qilishni qat’iyan taqiqladi. Bu taqiq Xiaomi ning kelajakdagi chip loyihalarini bloklaydi.
Xiaomi yaqinda TSMC yordamida o'zining eng ilg‘or 3nm XRING O1 chipini chiqardi, ammo endi AQShning yangi taqiqi tufayli TSMC Xiaomi bilan ishlamaydi va Xiaomi chip ishlab chiqarishni to'xtatishi mumkin.
Bu qattiq siyosat Xitoy chip sanoatini tubdan qiyinchilikka solmoqda va raqobatda katta zaiflikka olib kelishi mumkin.
Agar Xiaomi alternativ sifatida Xitoydagi SMIC chip ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan kelishib Huawei kabi yo'l tutsa AQSH Xiaomini ham global bozorga smartfon sotishini cheklashi mumkin.
🛡AQSH Xitoyni faqat texnologik emas, balki siyosiy raqib sifatida ham ko'radi, shu sababli uni keskin rivojlanishini xohlamaydi, agar Xitoy ham J.Koreya kabi AQSH manfaatlariga xizmat qilganda, Xioami ham Samsung kabi chip ishlab chiqara olardi.
@technoolike
>>Click here to continue<<
