#haqida
Tillanisoning uslubi haqida Xurshid Davron 2015-yilda shunday yozgan edi: “...shoira o‘z izlanishlarida namoyon bo‘layotgan rostgo‘ylik va tirishqoqlikni davom ettirsa, kelgusida o‘ziga xos olamini yarata olishiga ishongim keldi…”
E’tibor bering, ustoz shoir muallifning ikki xislatiga to‘xtaladi: rostgo‘ylik va tirishqoqlik. U payt bu ikki xislat shoiraga:
Darvesh-u, xirqamas hayotning oti,
May-u gulob ham emas bu hayot.
Odatiy bo‘lgandek quyoshning nuri
Hayot ham bir odat,
yashash shart bo‘lgan odat , – kabi satrlarni bergan.
Bu misralarda shoiraning qarashlari tiniq aks etib turibdi. U yozar ekan, borgan sari ichkarilab boraveradi.
Avval-boshda:
Ichimga yutaman mudrab botayotgan shu ma’yus shomni,
Ichimda yig‘lar shomlar.
Ichimga yutaman yillarni.
(Qo‘limdan kelmas boshqasi), – degan bo‘lsa;
bugun u:
Ichimga haydadingiz meni hayotdan
Ichingga qamalib o‘l dedingiz.
O‘ldim ichimda-ichimda o‘ldim deb shivirladim
O‘chir dedingiz: boshqacha ko‘rsatma o‘zingni
dedingiz, – deya yozg‘iradi.
Bu misralar orasida bog‘liqlik va farqlar bor. Lirik qahramon muttasil ichiga biqinib boradi. Boraveradi, boraveradi. Avval dunyoni anglash, uni o‘ziga singdirish bilan mashg‘ul bo‘lgan bo‘lsa, bugun u o‘z borlig‘ini ichiga mahkum etish bilan shug‘ullanadi. Insonning o‘z ichiga safari Yaratguvchiga yaqinlashishga sabab bo‘ladi. Bunday bo‘lmasa, ichga safar uchun tanlangan yo‘l yanglish bo‘lishi mumkin.
Suhrob ZIYO,
"Yo'q, bu depressiya emas..." (Tillaniso ijodi haqida). "Yoshlik" jurnali, 6-son, 2021-yil.
@suhrob_ziyo1
>>Click here to continue<<