TG Telegram Group & Channel
Siyosat | Fakt |URUSHGA QARSHI | United States America (US)
Create: Update:

Ko‘chmanchi sport...

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon eng ko‘p tuzilmaviy o‘zgarishlarni boshidan kechirgan soha, menimcha, bu so‘zsiz — sport sohasi bo‘lsa kerak. Hali uyoqqa, hali buyoqqa, hali qo‘mita, hali vazirlik, hali qo‘shilgan, hali ajralgan, xullas shu sohaning tayini yo‘q.

Keling, sport sohasidagi davlat boshqaruvi tarixiga qaraymiz.
Mustaqillikning ilk yillarida tizim Fizkultura va sport davlat komiteti tomonidan boshqarilgan.

1️⃣ 1992-yil 14-yanvar. Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi deb qayta nomlandi (Asos)

2️⃣ 2004-yil 27-sentyabr. Madaniyat ishlari vazirligi hamda sport sohasi birlashtirilib, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil qilindi (Asos)

3️⃣ 2017-yil 15-fevral. Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkiga ajratilib, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil qilindi (Asos)

4️⃣ 2018-yil 5-mart. Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil qilindi (Asos)

5️⃣ 2021-yil 6-aprel. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi birlashtirilib, yangi Turizm va sport vazirligi tashkil etildi (Asos)

6️⃣ 2022-yil 18-fevral. Turizm va sport vazirligi yana ikkiga ajratilib, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi tashkil etildi (Asos)

7️⃣ 2022-yil 24-dekabr. Sportni rivojlantirish vazirligi negizida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etildi, Yoshlar ishlari agentligi esa vazirlik huzuriga o‘tkazildi (Asos)

8️⃣ 2024-yil 20-yanvar. Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi, Yoshlar ishlari agentligi esa Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi (Asos).

Ko‘rib turganingizdek, birgina so‘nggi 7 yilda sport boshqaruvi 6 marta (!) o‘zgardi. Qo‘mita bo‘ldi, vazirlik bo‘ldi, birlashtirildi, ajratildi, yana birlashtirildi, yana ajratildi…

Va balki bu hali oxirgisi ham emasdir, kim bilsin.

👉 @xushnudbek 👈

Forwarded from Xushnudbek.uz

>>Click here to continue<<

Siyosat | Fakt |URUSHGA QARSHI

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)