Front end dasturchisi uchun kerakli 3 ta texnologiya
- Front end dasturlovchisi uchun asosiy bo'lgan eng kerakli 3 ta texnologiya haqida so'z yuritamiz. Albatta texnologiya va o'rganish qobiliyatingizga qarab juda ko'plab texnologiyalarni o'rganishingiz va ishingizda qo'llashingiz mumkin. Biz faqat asosiylariga to'xtalib o'tdik.
🔷 HTML (ing.Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili) - bu SGMLga (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro toʻrda ishlatiladi. HTML web sahifaning qolib qismini yaratadi. Hech bir web sahifa HTML siz yaratilmaydi.
🔷 CSS (inglizcha: Cascading Style Sheets) — belgilash tillari formal tili. CSS elementlarni ekranda, qogʻozda va yoki boshqa medialarda koʻrinishini tasvirlaydi. CSS veb sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. Hamda bir vaqtning oʻzida bir nechta veb sahifalarni dizaynini oʻzgartirish mumkin. Biror bir veb sahifani turli xil qurilmalarda turli xil koʻrinishini ham taʼminlaydi
🔷 Javascript, yoki JS, ECMAScript spesifikatsiyasiga mos keladigan yuqori darajali, hamda aniq talqin qilingan dasturlash tili hisoblanadi.
Ushbu dastur Liveware Javascript tilining avlodi bo‘lib, Netscape serveri tomonidan ishlovchi vosita bo‘ladi. Ammo Javascript tilini mashhur qilgan narsa bu xaridor tomonidan dasturlashdir. Javascriptning asosiy vazifasi — HTML konteynerlar atributlarining qiymatlarini va ko‘rsatuvchi muhitining xossalarini HTML sarlavhalarni ko‘rish jarayonida foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirish imkoniyatlarida, boshqacha aytganda ularni dinamik sarlavhalar qilish (DHTML) tushuniladi.
>>Click here to continue<<