🤩 Sovrin jamgʻarmasi $1 mln boʻlgan startaplar tanlovi!
🚀 Endilikda Oʻzbekistonda har yili sovrin jamgʻarmasi $1 000 000 boʻlgan raqamli texnologiyalar sohasidagi eng yaxshi startap loyihalari nominatsiyasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “President Tech Award” tanlovi oʻtkaziladi.
✅ Tanlov asosiy va maxsus yo'nalishlarga ajratiladi.
Tanlovning asosiy yo‘nalishi quyidagilar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. Sun'iy intellektga asoslangan texnologiyalar;
2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
3. Axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar;
4. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
5. Kompyuter va mobil o'yinlar.
Maxsus yoʻnalish esa 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni nazarda tutuvchi Gran-Pri Xakatoni boʻladi.
Ishtirok etish shartlari, mukofot jamgʻarmasini taqsimlash va tanlovning oʻtkazilish vaqtlari haqida batafsil maqolamizda oʻqishingiz mumkin: https://bit.ly/3Ip8mO5
>>Click here to continue<<