2025-yil ikkinchi yarim yillikda turk tilidan Milliy Sertifikat imtihoni qachon bo'ladi? Sanalar e'lon qilindimi?
O'tgan yilgi taqvimga qaraydigan bo'lsak, 2024-yil ikkinchi yarim yillik imtihon sanalari sentabrning boshida e'lon qilingan va chet tili imtihonlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo'lib o'tgan edi. O'sha vaqtda turk tili imtihon tizimi ko'p darajali(multi-level) tizimga o'tayotgani uchun ikkinchi yarim yillikda turk tilidan imtihon olinmadi. Bu yil ham shunday bo'lish ehtimoli nolga teng. O'tgan yili bo'lmagani bu yil oxirida ham bo'lmaydi, degani emas. Chunki, o'tgan yilgi imtihon olinmagani sababi ko'rinib turibdi — yangi tizimga o'tilayotgan edi.
Shunday qilib, bu yil yakuniga qadar turk tilidan Milliy Sertifikat imtihoni tahminan oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo'lib o'tadi.
TYS imtihoni esa shubhasiz 21-sentabrda bo'lib o'tadi.
@sherzoddavlatov
>>Click here to continue<<