TG Telegram Group & Channel
Turkiya kundaligi | United States America (US)
Create: Update:

Bakalavr darajasida "Turkiya universitetlariga kirgizib beraman, yoki hujjatlaringizni topshirib beraman" deyotganlar bilan e'tibor bilan kelishib oling. "Hozir o'nlab universitetlarni qabuli ochiq, bittasiga kirishiz aniq" deb hujjatizni topshirib berishi mumkin. Xizmatining qanchaligi bilan ham ishim yo'q, gap o'sha qabuli ochiq bo'lgan o'nlab universitetlar qayerda joylashganida.

Qabuli ochiq bo'lgan ba'zi universitetlarni hatto o'sha hujjat topshirib beraman yoki kirgizib qo'yaman deganlarni o'zi u universitetlarni nomini ham eshitmagan yoki qayerdaligini ham bilmaydi. Tushiga ham kirmagan.

Misol uchun yuqoridagi Ağrı İbrahim Çeçen Üniversitesini qabuli ochiq. Quyida kartadan skrinshot ham keltirdim. Deyarli Armaniston va Gruziya bilan chegara qismda joylashgan. Nima qilibdi, u yerda terorist bormi, dersiz. Yo'q! U yer siz Turkiya deganda hayolizga keladigan İstanbul bilan Anqaradan deyarli bitta davlat yer maydonicha uzoqlikda. Anqara yoki İstanbuldan avtobus bilan 20 soatdan ortiq yo'l yurasiz. Samalyot bilan borish esa O'zbekistondan Turkiyaga uchib kelgan bilet pulingizga teng summada.

Aytmoqchi bo'lganim, ochiq ekan, yoki kirsam bo'ldida deb keyin bosh ushlab o'tirmang.

Hujjat topshirish bilan shug'ullanayotgan ukalarga ham tavsiyam, "Men o'qishga kirgizaman, dedimmi mana kirdi" deb Turkiyani o'zingiz ham eshitmagan bir universitetiga hujjatini topshirib Turkiya orzusida kelayotgan yoshlarni enasinikiga kirgizib yubormang!

Asabim buzilib buni yozayotganim sababi "Bittasi arzon narxga qabul xati olib beraman degandi, olib berdi ham, lekin u universitetni men topolmayapmanam" deb yozib qolgandi.

Hozir Turkiyadagi deyarli barcha davlat universitetlarining qabuli xorijliklar uchun ochiq yoki yaqin kunlarda ochiladi. Lekin, ularning katta qismi borib o'qishga arzimaydigan yoki faqat SAT yoki YÖS sertifikati bilan o'quvchi qabul qiladi. Misol uchun, hozirgi kunda İstanbulning Marmara Üniversitesi qabuli ochiq. Bu universitetni juda ko'p kishi orzu qiladi, lekin faqat SAT va YÖS bilan qabul qiladi.

Yuqorida ro'yxatini qoldirganim universitetlar hozir attestat bilan qabul qilyapti, nisbatan Anqara va İstanbulga yaqinroq joylashgan. Uzoq bo'lganlarida esa vatandoshlarimiz ham o'qiyotgani uchun bu universitetlarni tavsiya qildim.

>>Click here to continue<<

Turkiya kundaligi

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)