Telefon ishlatishingni umuman maslahat bermayman.
1. Ustozlarimdan biri Sardorbek Davronov abituriyentlar haqida gap ketganda "a" harfi inkor tushunchasini beradi va abituriyentlar ''odam'' emas der edilar.
2. Agar sen ummatga foydam tegsin deb oʻqishga kirish uchun tayyorlanayotgan boʻlsang, avvallo tabriklayman. Sen ilm yoʻlidasan, bardavom boʻl. Senga hurmatim oʻzgacha uka (singil).
3. Bunday holatda sen qisqa muddat atrofida oʻrtoqlaring bilan keskin aʼloqalaringni uzib turishingni maslahat beraman. Bilib ol "choyxona", "tugʻilgan kun"lar sensiz ham oʻtaveradi. Sensiz hech nima oʻzgarib qolmaydi.
4. Telefon ishlatishingni umuman maslahat bermayman, sababi sen butunlay oʻzingni oʻrganayotgan ilmga bagʻishlashing kerak. Ota-onang bilan ustozingni telefoni yoki qorovul togʻani telefonida bogʻlanib tursang ham yarashaveradi.
5. Tushuntirilgan mavzuni tushunmay qolishingni normal qabul qil. Sababi senda bir mavzuda tushunmovchilik paydo boʻla boshlasa, demak sen oʻzlashtira boshlaganingdan dalolat beradi.
6. Mavzuni oʻzlashtirishda ustoz senga 20% koʻrsatmani bersa, demak hammasi joyida ketyapti. Qolgan 80%ini oʻzing oʻzlashtirishing kerak boʻladi. Agar tushunmay qolsang, koʻproq oʻrtogʻingdan soʻra. Chunki oʻrtogʼing oʻsha narsani oʻzingni "tilingda" tushuntirib bera oladi.
7. Keragidan ortiq fanga chuqurlashma, agar shunday boʻlsa senda keraksiz va ahamiyatsiz savollar tugʻila boshlaydi. Bu esa senga minusga ishlaydi. Fanmi, fanni oʻqi, predmetga tayan. SSSR davridagi chang bosib yotgan kitoblarni 2-3 ta narsani bilib olib, "dunduk"sifat savollar berma.
👉@samandarxojasblog
>>Click here to continue<<