TG Telegram Group & Channel
Rustam Karimjonov | United States America (US)
Create: Update:

APIO 2025 boshlandi: Unda 40 ta davlatdan 900 ga yaqin Iqtidorli yoshlar bellashmoqda

🏆 17-18-may kunlari O‘zbekiston tomonidan o‘tkazilayotgan nufuzli Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi bu yil 40 dan ziyod davlatdan 900 ga yaqin o‘quvchi yoshlarni qamrab oldi.

🌐Quvonarli jihati, onlayn shaklda tashkil etiluvchi APIO musobaqasida joriy yilda 🇸🇬Singapur, 🇨🇳Xitoy, 🇰🇷Koreya, 🇹🇼Tayvan, 🇲🇾Malayziya kabi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlardan tashqari, 🇲🇽Meksika, 🇧🇷Braziliya, ⭐️Saudiya Arabistoni, 🇯🇴Iordaniya, 🇹🇳Tunis kabi davlatlar ham ishtirok etmoqda. Bu esa musobaqa o‘zining an’anaviy mintaqasidan tashqariga chiqayotganidan dalolat beradi.

APIO Toshkent vaqti bilan 17-may soat 07:00 dan 18-may soat 19:00ga qadar, jami 36 soatlik vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa qoidalari bo‘yicha, har bir davlat ro‘yxatdan o‘tish jarayonida o‘ziga qulay 5 soatlik vaqt oralig‘ini belgilagan. Ishtirokchilar aynan shu belgilangan 5 soat davomida berilgan masalalarga yechim ishlab taqdim etishi lozim.

📍O‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun APIO 2025 18-may kuni soat 10:00da boshlanadi. Bunda saralab olingan iqtidorli yoshlar Toshkentdagi School 21 dasturlash maktabida bellashadi.

🎆Biz barcha ishtirokchilarga omad, tezkor fikrlash va murakkab masalalarni yechishda muvaffaqiyat tilaymiz!

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

>>Click here to continue<<

Rustam Karimjonov

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)