Fazoga uchirilgan birinchi jonzot - Layka
Layka — 1957-yil 3-noyabr kuni Sovet Ittifoqi tomonidan fazoga uchirilgan birinchi tirik jonzot hisoblanadi. U Moskva ko‘chalaridan topilgan, aralash zotli urg‘ochi it edi.
Uning asl ismi yo‘q edi. Layka so‘zi rus tilida "vovullovchi" yoki "huruvchi" degan ma’noni bildiradi. Ilgari uni “Kudryavka” (jingalak) yoki “Limonchik” (limoncha) deb ham atashgan.
Layka Moskvadagi ko‘chalardan topilgan. Sovet olimlari aynan ko‘cha itlarini tanlashgan, chunki ular sovuq, ochlik va og‘ir sharoitlarga chidamli bo‘lgan.
Sputnik-2 faqat uchish uchun mo‘ljallangan edi. Layka hayotini qurbon qilishi aniq bo‘lgan.
Parvozdan oldin yurak urishi normal holatda 103 marta bo‘lsa, uchish vaqtida 240 martagacha chiqqan.
Ular bir nechta kuchuklarga maxsus kapsulalarda aylanish, og‘irliksiz holat va ovozga chidamlilik bo‘yicha mashqlar o‘tkazishgan.
U birinchi bor orbitaga chiqqan tirik mavjudot bo‘ldi. Bu insonning kosmosga uchish imkoniyatini ilmiy jihatdan asoslashga yordam berdi.
Dastlab Layka bir necha kun yashagan deyilgan, ammo keyinchalik u parvozdan atigi 5–7 soat o‘tib kapsuladagi issiqlik tufayli nobud bo‘lgani e’tirof etildi.
2008-yilda Moskvada Layka sharafiga yodgorlik o‘rnatildi. Yodgorlikda u raketa shaklidagi postament ustida tasvirlangan.
Layka nomi 1990-yillarda turli ilmiy, madaniy, musiqa va kino sohalarida mashhur bo‘lib ketdi. Hatto 2321-raqamli asteroidga ham uning nomi berilgan.
@qiziqfan
>>Click here to continue<<