TG Telegram Group & Channel
Orif Tolib | United States America (US)
Create: Update:

Fikr beruvchi asar

Ijodkorman degan odam o‘qib-o‘rganishi shart bo‘lgan kitoblar bor. Ana shunday kitoblarning boshida "Devonu lug‘otit turk" turadi, menimcha. Mahmud Qoshg‘ariy bu asarini ming yil oldin yozgan. Biroq "Devon"dagi so‘z va iboralar, matallar va maqollarning ildizi yana ming yillar keyinga borib taqaladi. Qoshg‘ariy juda katta hududni kezib, turli turkiy qavmlarning tili, urf-odati, turmushini sinchiklab o‘rgangan. Bu asar juda katta mehnat va izlanish mevasi ekanini, tilshunos o‘z ishiga puxta yondashganini mutolaa jarayonida anglab, his qilib borasiz...

So‘zning tarixi, kelib chiqishi, o‘zgarishi, bir so‘z bilan aytganda hayot yo‘lini o‘rganar ekansiz, yangi-yangi topilmalarga duch kelasiz. Tilimizga forscha va arabcha so‘zlar juda ko‘p kirgan. Bugun bundan afsus chekib o‘tirishning umuman hojati va foydasi yo‘q. Chunki ular ham endi bizniki, til boyligimiz. Tillar doimo o‘zaro aloqada, bir-biridan so‘z olib turadi. O‘zimizning ming-minglab so‘zlarimiz ham boshqa tillarga o‘tgan. Bu tabiiy hol. Biroq bir narsani unutmaslik kerak: boshqa tildan kirayotgan so‘z o‘zimizda bor bo‘lgan so‘zni siqib chiqarmasligi shart. Bu boyish emas, qashshoqlashishdir. "Devon"ni o‘qiyotib, yana bir narsadan cheksiz quvondim: Mahmud Qoshg‘ariy ham xuddi shunday qarashda bo‘lgan ekan.

Hayot doimo yangilanishda. Mohiyat o‘zgarmasa-da, vositalar o‘zgarib turadi. Yangi paydo bo‘lgan narsalarga, tushunchalarga ot qo‘ya olish tilning kuchini, saviyasini ko‘rsatadi. Nom qo‘yishda bir zamonlar foydalanib, keyin ishlatilmay qo‘yilgan so‘zlardan ham keng foydalanish mumkin. Bunda "Devonu lug‘otit turk" kabi asarlar tengsiz manba vazifasini o‘taydi.

"Devon"ni o‘qish jarayonida juda ko‘p narsalarni o‘zim uchun kashf etdim. Shulardan biri haqida aytib beray. Mahmud Qoshg‘ariy "o‘pmoq" so‘zini bir necha ma’nolarda, jumladan, "ichmoq" ma’nosida ham izohlaydi. Buni o‘qidimu ba’zi so‘zlarning ildizini topganday bo‘ldim. Turkiy tillarda so‘z oldida tovush orttirilishi yoki tushib qolishi kuzatiladi. Bu hodisani Qoshg‘ariy ham ayrim o‘rinlarda ta’kidlab ketadi. "O‘pmoq" so‘zi ham vaqtlar o‘tib bir "h" orttirib olgan. "H" tovushi o‘zbek tiliga boshqa tillardan kirmagan. Bu tovush qatnashgan so‘zlarni "Devon"da ko‘p uchratdim, hatto "f" tovushli turkiy so‘zlar ham ko‘p ekan. Maktab darsligida "f" tovushi faqat o‘zlashgan so‘zlardagina bor, deb o‘qigandim. Bu men uchun yaxshi yangilik bo‘ldi. Xullas, "ho‘p"ga qaytamiz. Bu so‘z hozirgi tilimizda ham ko‘p qo‘llanadi, ba’zida shakli o‘zgargan, ba’zida saqlangan holda. Masalan:

1. Farg‘ona shevasida "cho‘milish" so‘zi bilan bir qatorda "ho‘pitish" so‘zi keng ishlatiladi.

2. Ho‘plamoq – choy, suvni qultumlab ichmoq.

3. Ko‘pincha ariqdan, ko‘lmakdan sakrab o‘tilayotganda "ho‘ppa" deyiladi. Bu so‘zning ham asli-nasli "suv" ma’nosidagi "ho‘p"ga borib taqaladi, menimcha.

4. Yop – soy, katta suv yo‘li, kanal. Xorazm shevasida anhor va kanallar shu so‘zda ifodalanadi.

5. Yoprilmoq – suv qoplaganday egallamoq. Yopiq, yopmoq, yoppasiga kabi so‘zlarning ham o‘zagi shundan.

6. Yopishmoq – suv tekkan, namlangan narsa bir-biriga yopishib qoladi.

7. O‘pirmoq – katta suv yoki selning o‘zan va dambalarni, yo‘lida duch kelgan narsani buzib ketishi, o‘rnida o‘yiq hosil qilishi. O‘pqonning o‘zagi shundan.

8. Suv tekkan narsa ho‘l bo‘ladi. "Ho‘l" va "ho‘p" o‘zakdosh ekaniga shubham yo‘q.

9. Islom dini kelishidan oldin turkiy qavmlar turli mahalliy tushunchalarga e’tiqod qilgan. Ularda "Erhubbi" – suv ma’budi timsoli bor. Bu so‘zni Muqimiyning "Tanobchilar" asarida ham uchratishimiz mumkin. Mantiqan olganda, "hubbi" "ho‘p"dan hosil bo‘lgan.

Bu – birgina misol. Bunaqa so‘zlarni yana juda ko‘p keltirish mumkin.

"Devonu lug‘otit turk" so‘z bilimdonligini oshiradigan, fikr beradigan asar. Bunday kitoblarni o‘qiganda katta zavq tuyasiz. Bu zavq sizni izlanishga, yozishga undaydi, ilhom beradi.

"Ma’naviy hayot" jurnalining 2015 yil 2-sonida chop etilgan.

@oriftolib

>>Click here to continue<<

Orif Tolib

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)