Atab qoʻyilgan nomlar qoʻshtirnoqqa olinadi
Muassasa, tashkilot, inshoot kabilarning nomini qoʻshtirnoqqa olish-olmaslik masalasida ikkilanishlar, chalkashliklar koʻp uchraydi.
Punktuatsiya qoidalariga koʻra, korxona, tashkilot, muassasa, idoralarning atab qoʻyilgan nomlari, yaʼni shartli nomlari qoʻshtirnoqqa olinadi. Masalan: “Koʻksaroy” qarorgohi, “Yoshlar” telekanali, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi.
Shartli nomi yoʻq boʻlgan tashkilotlar nomi qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Respublika teleradiomarkazi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi, Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi.
❗️ Biroq tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatiladigan boʻlsa, shartli nomi boʻlmagan tashkilotlarning nomi ham qoʻshtirnoqqa olinadi:
“Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” davlat unitar korxonasi, “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasi, “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi” davolash-profilaktika muassasasi, “Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi.
📌 Demak:
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” davlat unitar korxonasi, “Koʻksaroy” qarorgohi ✅
“Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi”, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi davlat unitar korxonasi, Koʻksaroy qarorgohi ❌
@oriftolib
>>Click here to continue<<