NODAVLAT OLIYGOHLAR HAQIDA!
So'nggi vaqtda xususiy oliygohlar soni kun sayin ortib bormoqda. Ko'pchilik ushbu oliygohlarda o'qish qanchalik ishonchli ekanligi haqida so'rashadi, bugun manashu mavzuga to'xtalamiz.
Nodavlat oliygohlarning davlat oliygohlaridan afzalliklari:
– Xususiy oliygohlarda ta'lim sifati davlat oliygohlaridan kamida 2 baravar yuqori;
– Xorijlik o'qituvchilar, yuqori malakaga ega noyob pedagoglar;
– Darslarning chet tilida olib borilishi;
– Bakalavr daraja bilan birgalikda chet tili o'rganish imkoniyati;
– Ayrim oliygohlar ta'lim davrida IELTS darajasini ham kafolatlaydi;
– Zamonaviy o'quv auditoriyalari va zamonaviy sharoit-muhit;
– Qattiqqo'l o'quv tizimi;
– O'qishga kirishning nisbatan osonligi;
– Deyarli ta'lim davrida ish topish, ayniqsa xorijiy davlat yoki xorijiy kompaniyalardan ish topishning osonligi.
☝️ Aslida moliyaviy imkoniyati ko'targan kishilar nodavlat oliygohlarda o'qiganlari yaxshi. Sababi u yerdagi ta'lim tizimi sizni o'sishingizga majbur qiladi, sohangizni va til o'rganasiz. Xorijiy va mahalliy yirik kompaniyalarga ishga kirishga oliygohlarning o'zi sizga ko'maklashadi. Xullas nodavlat OTMlarda o'zaro raqobat borligi sababli ham ular talaba va sharoitlarni juda yuqori qilishga harakat qiladi. Agarda moliyaviy imkoniyatingiz ko'tarsa xususiy oliygohlarda o'qing, ko'tarmasa davlat oliygohlarida.
>>Click here to continue<<