#Qabul2025
⚡️Abituriyentlar soni so‘nggi 7 yildagi eng kam miqdorni tashkil etdi
Joriy yil 732 ming 411 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. To’lovlarni amalga oshirmaganlar hisobiga testga kiruvchilar soni yanada kamayishi aniq.
📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🤵♂️ erkaklar — 346 ming 299 nafar;
👩🏻🔧 ayollar — 386 ming 112 nafar.
Agar oxirgi 7 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda ro‘yxatdan o‘tganlar eng kam miqdorni tashkil etganini ko‘rish mumkin:
▪️2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
▪️2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
▪️2021-yil — 948 ming 211 nafar;
▪️2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
▪️2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
▪️2024-yil — 894 ming 279 nafar;
▪️2025-yil — 732 ming 411 nafar.
Eslatma: abituriyentlar test uchun to‘lovni bugun, 26-iyun kuni 23:59 ga qadar amalga oshirishlari kerak.
>>Click here to continue<<
