Nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatida jiddiy o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda
🔰 "Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlarining sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi. Loyihaga ko'ra;
🔹 2025-yil 1-apreldan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – nodavlat ta’lim tashkilotini tashkil qilishga ruxsat berish “Litsenziya” axborot tizimi orqali 1-ilovada ko‘rsatilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
👉 Bunda nodavlat ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yishda zarur bo‘lgan ustav miqdori, bino-inshoot va jihozlarga qo‘yiladigan umumiy talablar belgilanadi;
Ikkinchi bosqich – nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan muayyan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yishga maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilgandan so‘ng ruxsat beriladi.
👉 Bunda kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladigan ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari (dasturlari) belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
🔹 Kechki va masofaviy ta’lim shakllariga qo‘yiladigan talablar kuchaytiriladi;
🔹 Kechki va masofaviy hamda uzaytirilgan ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul parametrlari kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlarining 50 foizidan oshirilmasligi belgilanadi;
🔹 Ta’lim shaklidan qat’i nazar, talabgorga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan o‘quv binolari, talabalar turar joyi va o‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa bino va inshootlarning mavjud bo‘lishi.
👉 Bunda nodavlat ta’lim tashkilotiga faoliyatining dastlabki 5 yilida bino va inshootlardan ijara huquqi asosida foydalanishga ruxsat beriladi.
👉 Amaldagi litsenziya asosida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu qo‘shimcha litsenziya talabi kuchga kirgan vaqtdan boshlab 5 yil ichida mulk huquqi asosida zarur bino va inshootlarga ega bo‘lishi talab etiladi.
🔹 Qabul parametrlarini Vazirlik bilan kelishish hamda qabul jarayonini bir yilda ikki marotaba – 15-oktyabrgacha hamda 15-fevralgacha amalga oshirish;
🔹 Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga (HEMIS) kiritilmagan va registratsiyadan o‘tkazilmagan ta’lim oluvchilarga o‘qish yakuni bo‘yicha davlat namunasidagi tegishli hujjat berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
👉 @Axmadjanovuz
>>Click here to continue<<