#bogʻcha
6 yoshga toʻlgan bolalar uchun DTTlarda majburiy tayyorlov guruhlari tashkil qilingan.
Savol: Bu tayyorlov guruhlarida bolalarga qanday koʻnikmalar berib boriladi?
Oʻqish va yozish koʻnikmasimi? Sanoq va arifmetikami?
Oʻz-oʻzidan navbatdagi savol tugʻiladi: Bola 1-sinfga borganidan keyin nimani oʻrganadi unda?
PS. Biz 1-sinfga borgan kezlarda maktabgacha bogʻchaga borgan va bormagan bolalarning birgina farqi boʻlardi: bogʻchaga borganlar hojatga chiqqisi kelsa, qoʻl koʻtarib, madaniy usulda ehtiyojini izhor qilardi. Bogʻchaga borib yurmagan bola esa shuni sal bochqacharoq qilib (*i*gim kelyapti deb), gʻayrimadaniyroq usulda aytardi. Menimcha, ota-ona buni uyda oʻrgatishi ham mumkin.
Men farzandimni bunday guruhlarga jalb qilinishi orqali uning bolaligiga erta nuqta qoʻyishni istamagan boʻlardim. Hali tili toʻliq chiqmagan bolada (tan olaylik, “R” harfni “Y”, gohida “L” deb talaffuz qiladi bu yoshda ayrim bolalar) hayotiy koʻnikmalar shakllantirish oʻrniga, unga mushtdek boshidan dars oʻtilsa, taʼlimning maqsadi Uchqorgʻonga – enasini koʻrgani joʻnavorsa kerak.
Bu shaxsiy fikrim, albatta. Qolganini soʻrasangiz, “bizga olam tinch boʻlib, doʻstlar salomat boʻlsa bas”.
PPS. “Uchdan keyin kech” kitobini pesh qiladiganlar chiqib qolsa, mabodo – bizda bogʻcha yoshi 3 yoshdan boshlanadi, demak, bogʻchaga chiqqan bola daho boʻlish uchun kech qolgan boʻladi sizning falsafangizga ishonsak.
>>Click here to continue<<