Arab tilini bilsa ham kitobdan fatvo ayta olmaydi!
Ibn Obidin aytadilar: “Kimki uni tajribali ustozlar bilan oʻqisa, bunday narsalarga eʼtibor beradi va xato qilmaydi. Shu sababdan arab tilini bilishning oʻzi yetarli emas.
Toʻgʻrirogʻi, islom fiqhini toʻliq malakaga ega, sohada tanilgan, shariat ilmlaridan toʻliq maʼlumotga ega boʻlgan tajribali ustozdan oʻrganish kerak.
Toki, ustoz talabaga iboralarni ochiq-oydin izohlab bersin, ishorali joylarni unga ravshan qilsin, toki qalbining koʻzgusi Alloh taoloning fazli, inoyatidan vorid boʻlgan maʼrifat lutflari bilan yorishadi. Uning lafzi dori va shifodir, dangasaning holini tiriltiradi, bilimsizlarni Allohga yoʻnaltiradi.
Doktor Saloh Abul Haj
>>Click here to continue<<
