TG Telegram Group & Channel
Digital.uz | United States America (US)
Create: Update:

😎Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🇺🇿 O‘zbekistonda Technovation Girls 2024 xalqaro texnologik tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Ushbu tanlovda butun dunyodan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar qatnasha oladi.

Tanlovda quyidagilarni o‘rganishingiz mumkin:

😎 mobil ilovalarni ishlab chiqish;
😎 biznes-reja yozish va ijtimoiy startaplarni ishga tushirish;
😎 sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish;
😎 jamoada ishlash;
😎 video tasvirga olish;
😎 loyiha taqdimotini tayyorlash va omma oldida chiqish qilish;
😎 BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari haqida bilib olish;
😎 O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda IT-kompaniyalarda muvaffaqiyatli ishlayotgan qizlar bilan tanishish.

Loyiha doirasida yurtimiz bo‘ylab offlayn-treninglar va seminarlar Toshkent, Nukus, Andijon, Namangan, Samarqand hamda Farg‘ona viloyati va shaharlarida o‘tkaziladi. Shuningdek, onlayn tarzda barcha kuzatib borishi mumkin.

🚀 Sizda o‘z kuchingizni texnologik va ijtimoiy tadbirkorlikda sinab ko‘rish kabi noyob imkoniyat mavjud! Siz mentorlar ko‘magida, jamoa bilan birga, mamlakatimizdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beradigan mobil ilovalarni o‘zingiz yaratasiz.

O‘zbekistonning eng yaxshi jamoalari xalqaro tanlov finalida Kremniy vodiysiga (AQSh) boradi. Ma’lumot uchun, 2023-yilda O‘zbekistonning Tecnas jamoasi Kaliforniyada o‘z loyihasini taqdim etdi va dunyoning eng yaxshi TOP-3 jamoalari ro‘yxatidan joy olgan edi. Raqamli texnologiyalar vazirligi Tecnas jamoasi bilan maxsus intervyu ham tashkil etgan edi.

🔝 Siz navbatdagi g‘oliblarga aylanishingiz mumkin! Dasturda qatnashish mutlaqo bepul. Ingliz tilini bilish talab etiladi.

🔗 Tanlovda qatnashish uchun Technovation Girls saytida ro‘yxatdan o‘ting va sayt taqdim etayotgan ma’lumotlar asosida belgilangan topshiriqlarni bajarishni boshlang: https://my.technovationchallenge.org/

#digital
#tanlov

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

>>Click here to continue<<

Digital.uz

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)