TG Telegram Group & Channel
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI | United States America (US)
Create: Update:

#JARAYON

🗺Vazir òrinbosari Xorazmda

Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vaziri òrinbosari Ozoda Jòrayeva xizmat safarini Xorazm viloyati Urganch shahrida davom ettirmoqda.

Xabar berganimizdek, vazir órinbosari kòp kvartirali uylarga xizmat kórsatish sohasini takomillashtirish, joylarda boshqaruv tashkilotlari faoliyatini órganish, aholining uy-joy va kommunal sohaga oid muammolariga yechim topish maqsadida hududlarda bòlib turibdi.

Vazir órinbosari Ozoda Jórayeva, Xorazm viloyati IIB boshliği Ravshan Sultonxójayev, Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi boshqarmasi mas’ullari Urganch shahri “Nurli hayot” mahallasida joylashgan “Xorazm shinam uylar” BSK faoliyatini kòzdan kechirdilar.

Mazkur boshqaruv tashkiloti 2024-yil faoliyatini boshlagan bòlib, 241 ta uyga xizmat kórsatishni yòlga qòygan. Zamonaviy talablar asosida hududdagi 7 ta boshqaruv tashkiloti birlashtirilib, tizim optimallashtirilishi hisobiga mavjud muammolar oldini olishga erishilmoqda.
 
Boshqaruv servis kompaniyasi moddiy texnika bazasi va zamonaviy bino qurilishi uchun 1 mlrd sòm investitsiya mablağlarini kiritgan.

Qisqa vaqt ichida kompaniya 6 ta kòp kvartirali uyning fasad qismi, 10 ta uyning kirish yólagi, 15 ta uyning tom qismini ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga ulgurdi.
 
🏘Vazir órinbosari bino qurilishi bilan tanishar ekan, ishchi-xodimlar va aholiga qulaylik yaratish yuzasidan òz takliflarini bildirdi. Shuningdek, tadbirkorlik va qòshimcha servis xizmatlarini keng yòlga qòyish lozimligi ta’kidlandi.

Mutasaddilar viloyatda kòp kvartirali uylarga xizmat kórsatish sohasini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. Zarur vazifalar belgilab olindi va tizimga joriy etish choralari kòrildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

>>Click here to continue<<

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)