TG Telegram Group Link
Channel: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration
Back to Bottom
Forwarded from Bandlik Vazirligi
Seuldagi navbatdagi uchrashuvlar Koreya Respublikasi Qurilish uyushmasi rahbari hamda Koreya Xorijiy sanoat ishchilari milliy ittifoqi raisi bilan boʻlib oʻtdi.

👉Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
“Xorijda ish” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tib, tashkillashtirilgan holda xorijga ishga ketayotgan fuqarolar uchun qanday imkoniyatlar mavjud?

👉 Batafsil "O'zbekiston" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Fuqarolar Rossiyaning “ZMK” korxonasiga ishga taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

Ish turi: Elektr payvandchi

8-may soat 11:00 da

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram

soat 12:00 da

Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram

soat 14:00 da

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram

soat 15:00 da

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram

“ZMK” korxonasi faoliyati haqida video

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun 56 nafar yurtdoshimiz jo‘nab ketdi

Ish turi: qishloq xo‘jaligi
Shartnoma muddati: 6 oy
Oylik maosh: 2000 AQSH dollari atrofida

Joriy yilning may oyi davomida yana 600 nafardan ortiq yurtdoshimizni mazkur davlatga ishga jo‘natilishi rejalashtirilgan.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Sankt-Peterburgdagi “KMZ”, Chuvashiyadagi “Enkorp”, Boshqirdiston Respublikasi va Tuladagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tarzda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi. Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi yangi qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Forwarded from Bandlik Vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu rost! Buyuk Britaniyada mavsumiy ishlarda ishlaganlarga to‘lagan soliqlari qaytarib beriladi

👉Soliq summasini qaytarish uchun ushbu havolaga kirib ma'lumotlaringizni yuboring!
(havolaga Gmail elektron pochtasi orqali kiriladi)

Soliqlar 2 oydan 6 oygacha bo‘lgan vaqt ichida qaytariladi.

📞Murojaat uchun telefon: 71 202-33-55 (ichki raqam 17).

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Prezident_Farmoni_ijroda

Kambag‘allikni qisqartirish ва bandlik vazirligi hamda tizim tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida bo‘lib, xorijda ishlash istagida bo‘lgan hamda chet elda ishlab qaytgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Unda Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-son Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Forwarded from Bandlik Vazirligi
Navbatdagi uchrashuv Koreyaning til o‘qitish bo‘yicha eng nufuzli instituti “Qirol Sejong” bilan

Xabar berib borayotganimizdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ayni kunlarda Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib turibdi. Ular bugun “Qirol Sejong” instituti rahbari Li He Yong xonim bilan uchrashdi.

O‘zbekistonda koreys tiliga qiziqish yildan-yilga oshib borayotgani va bu o‘z navbatida Koreyaga kelib ishlovchilar sonining ortishiga ham xizmat qilayotgani muloqotda e’tirof etildi.

Uchrashuvda:
▪️ O‘zbekistonda “Qirol Sejong” o‘quv markazi filiallarini har bir hududdagi monomarkazlar qoshida ochish;

▪️ Ushbu o‘quv kurslariga Koreyadan oliy toifali o‘qituvchilarni jalb qilish;

▪️ Mazkur o‘quv markazi sertifikatlarini qo‘lga kiritgan bitiruvchilarga Koreyada ishlash huquqini beruvchi viza taqdim qilish;

▪️ O‘zbekistonda koreys tili o‘qituvchilarini tayyorlash maqsadida maxsus kurslar tashkil etish;

▪️ Monomarkazlarni EPS test imtihonlariga ixtisoslashgan o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash masalalarida kelishib olindi.

“Qirol Sejong” instituti Koreyada vaqtincha ishlash istagidagi yurtdoshlarimizga ish beruvchilar talabiga mos ravishda koreys tili, madaniyati va mehnat qonunchiligini yaxshi o‘zlashtirishlariga katta imkoniyat beradi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Bandlik Vazirligi
🇰🇷 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaevning navbatdagi uchrashuvi Seulda Koreya Mehnat va bandlik vaziri bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda dastlab, ikki davlat o‘rtasida mehnat sohasidagi aloqalar tobora rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, 2024-yildan boshlab Koreyada o‘zbekistonliklar vaqtincha ishlashi uchun xizmat ko‘rsatish, kemasozlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon, o‘rmon xo‘jaligi kabi yangi yo‘nalishlar ochildi.

Bu o‘z navbatida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirib, O‘zbekiston uchun ajratilayotgan kvotalarni qamrab olish - saralash jarayonlarini tezlashtirishni talab etadi.

Ushbu masalaning yechimi sifatida koreys tilidan imtihon topshirish jarayonlarini yengillashtirish, hududlarda imtihon olish markazlari sonini ko‘paytirish taklif qilindi.

Bundan tashqari muloqotda E9 vizasi (noprofessional ishchi viza turi) asosida o‘tadigan EPS testlarida “Qirol Sejong” o‘quv markazi sertifikatiga ega nomzodlarga qo‘shimcha imtiyozlar berish, qurilish sohasiga ishchilarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligi sohasi uchun mavsumiy vizani joriy qilish bo‘yicha ikki tomonlama manfaatli takliflar o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish, kasb-hunarga o‘qitish markazlariga investitsiyalar kiritish, hamkorlikda yangi loyihalarni hayotga tatbiq qilish bo‘yicha ham muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
HTML Embed Code:
2024/05/08 04:15:25
Back to Top