TG Telegram Group Link
Channel: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration
Back to Bottom
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇵🇱O‘zbekiston fuqarolarini Polshaga ishga jalb qilish rejalashtirilmoqda

Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Polsha-Osiyo Savdo palatasi rahbari Y.Pexochinskiy boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Polsha Respublikasi hududida turli sohalarga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Natijada, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Polsha-Osiyo Savdo palatasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida anglashuv memorandumi imzolandi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live

🇰🇷
Koreya Respublikasida ishlash maqsadida EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan xizmat ko’rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasi nomzodlari uchun Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosida malaka imtihoni (skill test) bo'lib o'tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, xizmat ko‘rsatish-2 sohasi nomzodlari uchun bugun malaka imtihoni yakunlanadi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇩🇪Germaniyaning Kasbiy va amaliy ta'lim maktabi faoliyati Qashqadaryoda yo'lga qo'yiladi

Germaniyaning nufuzli "Klett Group" kompaniyasi delegatsiya a'zolari o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Qashqadaryoga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a'zolari bilan uchrashuvda "O'zbekiston-Germaniya" qo'shma loyihalarini amalga oshirish, jumladan, viloyatda ta‘lim muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb etish bo‘yicha muzokaralar o'tkazildi.

Shuningdek, delegatsiya a'zolari Germaniyada ishlash va o'qish istagida bo'lgan yoshlar hamda tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Fuqarolar Rossiyaning “AVTOVAZ" korxonasidagi avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

6-may soat 11:00 da


Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram

soat 12:00 da

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram

soat 14:00 da

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram

soat 15:00 da

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Fuqarolar Rossiyaning "SK-Profil" korxonasidagi yo'l qurilishi ishlariga taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

6-may soat 12:00 da


Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram

soat 14:00 da

Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌐O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarda qonuniy ishlashlari mumkin?

🎥Ushbu masalada O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikdagi “Migrantlar” loyihasida so‘z yuritiladi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

📍Toshkent xalqaro aeroporti
🇰🇷Ish beruvchi davlat:
Koreya Respublikasi
Ish turi:
ishlab chiqarish

Ayni vaqtda 58 nafar yurtdoshimiz E-9 vizasi asosida ishlash maqsadida Koreya Respublikasiga uchib ketmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Forwarded from Bandlik Vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Janubiy Koreya. Oʻzbekona dasturxon atrofida vazir bilan samimiy gurung

Ayni paytda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyada boʻlib turibdi.

Dam olish kunlari delegatsiya aʼzolari Koreyaning Incheon shahridagi “OCKDONG” metallni qayta ishlash zavodida boʻlib, ushbu shaharda faoliyat olib borayotgan bir guruh hamyurtlarimiz bilan uchrashib ularning ish jarayonini koʻzdan kechirdi.

Yurtdoshlarimiz bilan suhbat osh tortilgan oʻzbekona dasturxon atrofida davom etdi. Rasmiyatchilikdan holi, ochiq va samimiy muloqotda vazir ular bilan dildan suhbat qurdi. Hamyurtlarimizni qaysi masalalar oʻylantiryapti, qanday muammolarga duch kelmoqda, mehnat, tibbiy, ijtimoiy huquqlarining taʼminlanishi, qanaqa takliflari bor? Barchasi oʻrtaga tashlandi, yechimlar taklif qilindi.

Muloqotda chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan oʻzbekistonliklarning har qanday masalasi eʼtiborsiz qolmasligi, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratishga Prezidentimiz tomonidan alohida eʼtibor qaratilayotgani aytib oʻtildi.

Taʼkidlanganidek, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yurtdoshlarimiz nafaqat Oʻzbekistonda balki xorijiy davlatlarda ham oʻz vatanidagi kabi himoyada boʻladi va hamisha qoʻllab-quvvatlanadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Bandlik Vazirligi
Koreyada avtomobilsozlik yoʻnalishi boʻyicha yiliga 3 000 nafar ishchiga talab bor

Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev hamda Koreya Respublikasining Avtomobilsozlik sanoati uyushmasi raisi Kwak Yong Chol oʻrtasidagi uchrashuvda maʼlum qilindi.

Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida tashkil etilgan mazkur muloqotda ushbu davlat provinsiyalaridagi avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish uyushmalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda mezbonlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini e'tirof etib, mehnat munosabatlari bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlikdan mamnun ekanini bildirdi.

Muloqotda Koreya avtomobilsozlik sanoati uyushmasi tarkibida 6 800 ta korxona mavjud boʻlib, unda 48 000 nafar xodim faoliyat olib borayotgani qayd etildi. Koreyaliklar ushbu tarmoqda yana yiliga 3 000 nafar ishchiga talab borligini aytib, bu boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish istagida ekanini maʼlum qildi.

Samimiy va do'stona ruhda o'tgan uchrashuv yakunida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishida ishlash istagidagi yurtdoshlarimizni qisqa fursatlarda ushbu yangi loyihaga qamrab olishga kelishib olindi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_Farmoni_ijroda

Jizzax viloyati tuman va shaharlarida xorijda ishlab qaytgan hamda chet elda ishlash istagida bo'lgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

👉 Tafsilotlar "Jizzax" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Fuqarolar Rossiyaning "SPAR Midl Volga" korxonasiga non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishiga ishga taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

7-may soat 11:00 da

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram

soat 12:00 da

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️  55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram

soat 14:00 da

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
HTML Embed Code:
2024/05/30 18:16:55
Back to Top