TG Telegram Group & Channel
M1racle books📚 | United States America (US)
Create: Update:

​​Oila…
2-qism

“Ooo 40 yosh nihoyat uylanaman” degan reaksiyani kutyotgan bo’lsangiz adashasiz😁 40 yoshdan keyin ular eng kamida 1 yıl, eng ko’pi bilan 15 yil sevgan qizi bilan gaplashib yurishi mumkin. Ha, ha to’g’ri eshitdingiz🌚 Meni bitta tanishim 9 yil rus qizi bilan gaplashib, keyin ajrashganmiz, deb qoldi bir kun. Men tabiiyki “Nega?” dedim😅 “Biz shunchaki bir-birimizga to’g’ri kelmadik” javobni olganimdagi yuz ifodamni tasavvur qilganingizga ishonchim komil.

Ammo bu hali hammasi emas. Nega italiyaliklar oila qurishdan bunchalik “qo’rqadi”? Chunki oila qurish juda qimmat va ajrashish juda uzoq va yana qimmat jarayon. Birinchi marta “Nega oila qurishga shoshilishmaydi?” deb so’raganimda olgan javobim “Ajrashish qiyin va 5-6 yilsiz ajrasholmaysan” degan javob bo’lgan. Xo’sh nega ular bunchalik ajrashishga ko’p urg’u berishadi? Chunki italiyaliklar xaddan tashqari o’zini sevadigan va o’zini kimdir uchun qurbon qilmaydigan xalq. Bu yerda 60 yoshli bo’ydoqlarni ko’rishingiz mumkin. Ular 60 yoshda ham o’z muhabbatini qidirayotgan bo’lishadi (Shundaylardan bittasini taniyman😅) Xullas, bizda 60-70 yoshdan keyin nevaralar qurshovida, mazza qilib, shukur qilib o’limingni kutib o’tirasan(Agar shu joyga yetib borsang albatta🌚) Bu yerda esa menimcha hayotga tashnalik kuchli.

Bu yerda eng kambag’al hisoblangan oilalar ham yiliga 2 marta sayohatga chiqadi. Judayam ko’p qalin kitob o’qiyotgan odamlarni uchratishingiz mumkin. Uylari juda oddiy va faqat yashash uchun yaroqli bo’lsa bo’ldi. Mashinalar bo’lishi muhim emas. Chunki yo’llar o’rta asrlarda qurilgani, juda tor bo’lgani uchun mashinada yurish qiyinroq. Jamoat transporti esa juda qulay. Yaxshisi samakat’da yurganingiz yaxshiroq. To’y haqida to’lib toshib gapirgan odamni hali ko’rmadim😁

Lekin menga yoqmagan tarafi ham shunda. Oila jamiyati Yevropada parchalanayotgani. Bir xil jinsdagi insonlar nokohi yoki umuman oila qurmasdan o’tib ketadigan insonlar ko’pligi. Shularni inobatga olib O’zbekistonda tug’ilganimga behisob shukur aytdim. Bizda oila muqaddas va xatto 25 yoshgacha oila qurish tarafdoriman.

Biz judayam omadlimiz bu masalada ishoning😁

Davomi bo’lsinmi..?🌚

@m1racle_books

>>Click here to continue<<

M1racle books📚

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)