O‘zbekistonda hafta boshidan buyon dollar deyarli 201 so‘mga (-1,57 foiz) qadrsizlandi. Bu 2024-yil 31-iyuldan beri minimal qiymat hisoblanadi. Yuqoridagi grafikadan ham dollar qanchalik tushganini ko‘rishingiz mumkin. Bunaqasini yaqin o‘tmishda ko‘rmagan edim)
Aytishlaricha, dollar tushishining sabablari quyidagi omillarga bog‘liq bo‘lib turibdi:
— eksport tushumlarining ko‘payishi;
— oltin eksportidan kelgan daromadlarni sterilizatsiya qilish;
— oy boshida rubl kuchayishi fonida pul o‘tkazmalarining o‘sishining kechikkan ta’siri;
— kutilmalarning o‘zgarishi. Masalan, so‘mning nisbiy barqarorligi milliy valyutadagi jamg‘armalarning jozibadorligini oshiradi, bu esa omonatchilar tomonidan chet el valyutasi taklifining ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
@lazizhamidov
>>Click here to continue<<
