Dunyodagi rahbar kadrlarning va muvaffaqiyatli insonlarning 10 foizi Garvard universitetidan chiqqan ekan.
Trump ma’muriyati esa ushbu universitetga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashib kelmoqda. Bu ziddiyatli munosabatning sabablari haqida iqtisodchi Behzod Hoshimov "Lolazor" podkastida qiziqarli fikrlar bildirgan. Aytishicha, Tramp kuchli universitetlar joylashgan shtatlarda kam ovoz olgan. Masalan, Harvard (Massachusets), Stanford (Kaliforniya) joylashgan hududlarda aholining katta qismi oliy ma’lumotli bo‘lgani bois, Trampni qo‘llab-quvvatlamagan.
Oliy ta’limli saylovchilar ilm-fan, global masalalar va inson huquqlariga e’tibor beradi. Bu esa Trampning populistik siyosati bilan to‘g‘ri kelmaydi. Shu sabab, Tramp universitetlarni "liberal mafkura markazi" deb ko‘radi va ularni jazolashga urinmoqda — grantlarni to‘xtatish, viza cheklovlari va soliqqa tortish orqali.
Agar vaqtingiz bo‘lsa podkastni ko'rib chiqing foydali va qiziqarli gaplar aytilgan: HAVOLA
@lazizhamidov
>>Click here to continue<<
