TG Telegram Group & Channel
Лаа илааҳа иллаллоҳу | United States America (US)
Create: Update:

📚📖📚MO'MINDAN UZR SO'RASH HAM, MO'MINNI KECHIRISH HAM VOJIBDIR!

Bugungi kunda ruhshunoslar judayam ko'payib ketdi. Aslida, bu yaxshi kasb, odamlar uchun kerakli. Ammo...

Tanishingiz aytib qoladi: "Voy, bitta psixolog bor ekan..."
Borsangiz, eridan ajrashgan bir juvon sizga oilani mustahkamlash uchun nimalar qilish kerakligini o'zicha uqtirib, mo'maygina pulingizni oladi.

G'amlaringizdan shikoyat qilsangiz, juda oddiy "yo'l"ini o'rgatadi: "Bor dardingizni bir qog'ozga yozasiz, keyin bitta o'qib, yoqib yuborasiz. Bo'ldi, g'amdan qutulasiz"...

Astag'firulloh, deyman-u, lekin shunga ishonadigan odamlar borligi uchun o'sha ruhshunoslar hali ham birovga gap bermay donolik qilib yuribdi.

Avvalo, bir narsani aytib qo'yay: iymoni kuchli odamga hech qanaqa ruhshunosning keragi yo'q. Chunki, qalbga, ruhga taskin beruvchi omillar bizning kundalik ibodatlarimizda, tilovatlarimizda va asosiysi Robbimiz bizni yolg'iz va nochor tashlab qo'ymasligiga bo'lgan ishonchimizda.

Endi, mobodo, nimadandir ruhimiz qiynalib, yuragimiz siqilib qolgan bo'lsa, birinchi dorimiz, yordamchimiz istig'fordir.
"ASTAG'FIRULLOH!"
(”Allohdan mag'firat so'rayman!")

"ASTAG'FIRULLOHA VA ATUUBU ILAYHI!"
("Allohdan mag'firat so'rayman va Unga tavba qilaman!")

Shu so'zlarni ma'nosini tushunib turib, chin dildan aytsak, Alloh taolo har bir g'amdan chiqish yo'lini oson qilib qo'yadi.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Kim istig'forni lozim tutsa, Alloh unga har bir torlikdan chiqishni, har bir g'amdan forig' bo'lishni nasib qiladi. Hamda, uni o'zi o'ylamagan joydan rizqlantiradi", dedilar".
(Abu Dovud va Nasaiy rivoyati)

Ammo, aniq bir gunohingiz sizni qiynayotgan bo'lsa, avvalo aniqlab olish kerak: Yaratgan oldida uyatlimisiz yoki o'zingiz kabi bir bandasining dilini ranjitib qo'yganmisiz.

YARATGAN ZOTNING O'ZIGA BOG'LIQ ISHLARDA, YA'NI IBODATLARDA KAMCHILIKKA YO'L QO'YGAN BO'LSANGIZ, BIRGINA SAMIMIY ISTIG'FOR YETARLIDIR.

AMMO, BANDANING DILINI OG'RITGAN BO'LSANGIZ, BIRGINA ISTIG'FOR BILAN QUTULMAYSIZ. Ruhshunoslar aytgandek qog'ozga dardingizni yozib, keyin yoqib yuborish usuli esa mutlaqo yordam bermaydi. (
Xatoni siz qilgan bo'lsangiz, qog'ozda nima ayb?) Agar kimgadir shu usul yordam bergan bo'lsa, iymonini yangilab olsin. Chunki, bandaning haqqini o'sha banda o'zi kechmaguncha, Alloh taolo ham kechmaydi, kechirmaydi.
Sizning qog'oz yoqib taskin topganingiz esa, shaytonning avrashidan boshqa narsa emas.

Demak, o'zingiz ranjitgan odamning oldiga borib, haqqini haqlab, o'zingizni ham, uni ham oqlab kelasiz.

Deylikki, kimdandir qarz olib, vaqtida qaytarmay yuribsiz yoki mardikor ishlatib pulini to'liq bermagansiz. Har ikki holda ham QARZINGIZDAN QUTULIB, KECHIRIM SO'RAB, KEYIN YANA ISTIG'FOR AYTSANGIZ , in shaa Alloh, ruhingiz yengil tortganini sezasiz.

Ammo, kimningdir dilini gap-so'zingiz bilan yoki xatti-harakatingiz bilan og'ritib qo'ygan bo'lsangiz, endi aynan o'sha aybingizning teskarisini qilasiz. YA'NI, XATOINGIZ UCHUN, NOTO'G'RI ISHINGIZ YOKI NOHAQ GAP-SO'ZINGIZ UCHUN O'SHA ODAMNING O'ZIDAN KECHIRIM SO'RAYSIZ.

U odamning kechirish-kechirmasligi alohida bir masala. Lekin, siz shaxsan o'zidan kechirim so'rashingiz shart. Undan keyin Alloh taologa istig'for aytasiz...

Shu o'rinda ba'zi arazlashib yurganlarga eslatib qo'ymoqchiman:
Aybdor odamning o'zi xafa qilib qo'ygan odamdan kechirim so'rashi va narigi tomon buning uzrini qabul qilib, kechirishi ham vojib. HA, MO'MINDAN UZR SO'RASH HAM, MO'MINNI KECHIRISH HAM VOJIBDIR!

KECHIRIM SO'RASHNI MO'MINLIK BURCHI DEB BILGAN ODAM CHIN DILDAN AYBIGA IQROR BO'LIB UZR SO'RAGAN ZAHOTI RUHI YENGIL TORTADI.

MO'MIN BIRODARINI KECHIRISH VOJIBLIGINI ANGLAB, ESKI GINALARNI QO'ZG'ATMAY, UZR SO'RAB KELGAN YAQININI KECHIRGAN ODAM HAM O'SHA ZAHOTI KO'KSIDAGI MUZLAR ERIB KETGANINI SEZADI.

YA'NI, HAQIQIY DORI, SHIFO SIZNING O'ZINGIZDA, IYMONINGIZDA, POKIZA QALBINGIZDA. UNI BOSHQA JOYLARDAN IZLAMAY, IYMONINGIZGA QULOQ TUTSANGIZ VA SHARIATGA TO'G'RI AMAL QILSANGIZ KIFOYA.

@laa_ilaaha_illallohu

>>Click here to continue<<

Лаа илааҳа иллаллоҳу

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)