TG Telegram Group & Channel
Лаа илааҳа иллаллоҳу | United States America (US)
Create: Update:

📚📖📚NIL DARYOSIGA BUYRUQ BERGAN HAZRATI UMAR

Misrning Nil daryosi bir toshib oqardi, bir suvi kamayib qolardi...
Hazrati Umarning xalifalik davrlarida Nilning suvi kamayib, dehqonchilik orqasidan kun ko'radiganlar og'ir ahvolga tushib, ocharchilik xavfi tug'ildi. Shunda, Misr ahlidan vakillar xalifaning oldiga kelib, ushbu holatdan arz qilishdi.
Xalifa Umar darrov bir xat yozdilar: " Ey Nil, Alloh taoloning amri bilan to'lib oq!" va bu xatni daryoga tashlashni buyurdilar.
Xat Nilga tashlandi va ertasidan daryo yana avvalgidek to'lib-toshib oqa boshladi.
Barcha tarixchilar, ayniqsa tariqat ahli bu voqeani aynan shunday yoki deyarli shunday tasvirlaydilar.
Go'yoki, Nil daryosi xalifa Umarning buyrug'iga bo'ysungandek.
Chunki, voqeaning xalqqa ko'ringan tomoni aynan yoki deyarli shunday bo'lgan edi.
Ammo hech kim Hazrati Umar daryoga xat yozishdan oldin Alloh taologa yukinib, hojat namozi o'qib, duolar qilib yalinib-yolborganlarini aytmaydi. Nega?
Chunki, bu ko'zlardan panada, hilvatda sodir bo'lgan va faqat Robb bilan quli o'rtasidagi sir edi.
Hazrati Umar xat yozishdan oldin Robbul olamiynga munojot bilan yuzlanib, ummat uchun duolar qilib, yig'lab-yolborganlarini hech kimga aytmaganlar. Zotan, bu aytib maqtaniladigan, riyoga yo'l ochishi mumkin bo'lgan hol ham emasdi: bandasi ummat uchun xolis duo qildi, Robbul olamiyn uning nidosini eshitib, duosini ijobat etdi va Nil daryosi butun olamlarning Xoliqi bo'lmish U Zot taoloning amri-buyrug'i bilan to'lib-toshib oqa boshladi.

Darvoqe', hazrati Umar Robb taologa duo-iltijolar qilganlarini hech kimga aytmagan bo'lsalar, siz qaerdan bilasiz voqea aynan shunday bo'lganini, degan savol ko'nglingizga shubha solsa, aslo xavotir olmang: anig'i qanday bo'lganini men ham bilmayman.
Illo, aqiyda ilmiga, shariatga ko'ra, dunyodagi hech bir voqea-hodisa Alloh taoloning ixtiyorisiz ro'y bermaydi.
Shu qatori, aziz-avliyolarning turli karomatli ishlari ham Robbul olamiynning amri, ruxsati, in'omi bilan yuzaga chiqadi. Demak, inson zoti tarafidan qilingan har qanday g'ayritabiiy bir ishni ko'rganimizda, mo'min o'laroq, bu ishlar albatta borliqning Yakkayu Yagona Hukmroni bo'lgan Robbul olamiynning ishidir, deb bilishimiz lozim.
Ana shunda, shaxslarga sig'inmaymiz, balki u kimsalarga bunday karomatlar ato qilgan Alloh taologa sajda qilamiz.

@laa_ilaaha_illallohu

>>Click here to continue<<

Лаа илааҳа иллаллоҳу

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)