TG Telegram Group & Channel
Birga kitob o'qiymiz | United States America (US)
Create: Update:

#xushxabar

📚Vazirlar Mahkamasining 36-sonli qarori imzolandi, unda “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovi haqida ham band bor!

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-sonli “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

👏 Ushbu qarorning imzolanishini yutuqlarimizning debochasi desak bo‘ladi. Sababi, ushbu qaror 2-ilovasining 6-bandida (“Mushoira klubi”ni rasman tashkil qilish); 10-bandida (“Til bilimdonlari” tanlovini har yili doimiy o‘tkazish) hamda 14-bandida (“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovini doimiy tarzda har 3 oyda 1 marta o‘tkazish) bizning jamoamiz tomonidan tashkil etiladigan loyihalar joy egalladi. Bu degani endi bizda moliyaviy muammolar bo‘lmaydi va tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantiriladi. Shuningdek, respublikamizdagi barcha oliy va professional ta’lim muassasalaridagi ijodkor talaba-yoshlar uchun “Mushoira klubi” tashkil etiladi va ularning ijod namunalarini kitob va to‘plam ko‘rinishida nashr etishga imkoniyat yaratiladi.

🔹Yil avvalidagi ushbu yutuq bizga yanada kuchli motivatsiya bo‘ladi va barcha uchun manfaatli loyihalarimiz yana ko‘payadi degan umiddamiz. Bularning barchasi, albatta, Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz orqali amalga oshadi.

Barchangizni ushbu yangilik bilan tabriklaymiz!

✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

>>Click here to continue<<

Birga kitob o'qiymiz

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)