TG Telegram Group & Channel
Javokhir Toshpulatov | Blog | United States America (US)
Create: Update:

Mehrga muhtoj bo’lmaysiz

10 yildan buyon Toshkentdaman. Onam Qarshida. Onam bilan telefonda har kuni kamida 45 daqiqa suhbatlashamiz. Ba’zida 2 soatdan ham oshib ketadi.

Shunday qilishim kerakligi uchun emas, balki suhbatlashib huzur-halovat topganim uchun.

Bu yaqindan boshlab bo’lmadi. Kichikligimdan onam bilan eng yaqin do’stlarim bilan gaplashgandek erkin gaplashardim.

Xatolarimni tushuntirganlar. Ishlarim o’xshamay qolganda, ishi yurishayotganlar bilan taqqoslamaganlar.

Ketma-ket muammolarga kirib qolganimda motivatorim ham onam bo’lganlar. Hozir ham shunday.

Bitta uyda yashab kuniga 15 daqiqa ota-onasi bilan suhbatlashmaydiganlar ko’p. Bu muammo. Bunga faqat bitta tomon sababchi bo’lmaydi.

Bu yillar davomida yig’ilib kelgan ota-onalar xatosi. Farzandning xatosi esa vaqt ajratishi shartligini bilsa ham buni qilish uchun o’zini majburlay olmayotgani.

Qariganingizda, yolg’iz qolganingizda farzandingiz ajratayotgan vaqt, berayotgan mehr bu har qanday hadiyadan karrasiga ustun turadi.

Bu uchun farzandingiz kichikligidanoq harakatni qilib qoling. Ular yoshligidan vaqt ajrating, suhbatlashing. Maqsadlariga ishoning. Tushuning. Xato qilsa tushuntiring. Hech qachon “Yaxshiroq”lar bilan taqqoslamang.

@javokhir_toshpulatov

>>Click here to continue<<

Javokhir Toshpulatov | Blog

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)