O’quvchilarimga eslatma
1. 2 yildan buyon 3 ta fan o’qiyotgan tengdoshing uchun ham, 1 ta fanni o’rganishni orqaga surayotgan sen uchun ham shu 2 yil bari-bir o’tdi.
O’rganish boshida azob, natija ko’rinishni boshlagach rohatga aylanadi. Qisqa muddatlik azobdan qochib o’rganishni tashlab ketish, butun umr yomon hissiyotlarni beradi.
2. O’qishing uchun ustozing tushuntiradi, urushadi, jazolaydi va hatto iltimos ham qiladi. Ammo o’qishing o’zing uchunligini his qilmasang sifatsiz dars qilishing davom etaveradi.
Sifatli dars qilish o’ziga go’zal natijani, sifatsizi esa pushaymonlikni ergashtiradi.
3. Bugun qilmayapsan. Ertaga natija seni hafa qilsa taqdirni ayblama. U senga sinov emas bugun qilmaganing jazosi bo’ladi.
4. Kunlik 2 soatlik dars qilishing seni hotirjam qilmasin. Sen uchun fantastika bo’lgan kunlik 8-10 soat vazifa qiladiganlar sen bilan raqobatlashish kunini kutib o’tirishibdi. Va ular juda ko’p.
5. Dunyo sen o’ylaganchalik adolatsiz emas. Bu yerda sen qancha eslatmalarga qaramasdan dankasalik qilganingda u yerdagi karrasiga ko’p shug’ullanadigan o’quvchilar natijasiz qolsa.
6. Bugundan sifatli o’qi. Kimlardir majburlashini kutma. Majburlikdan yolg’on bilan chiqish oson. Bu yolg’on ularni emas o’zingni aldab qo’yadi.
10 yildan keyin bugun majburlaganlar atrofingda bo’lishmaydi. O’qimaganing uchun o’rningga ular emas, ilmsiz qolgan o’zing qiynalasan.
@javokhir_toshpulatov
>>Click here to continue<<