O’qituvchi tanlash
Vazifalar bermayapman. Yoki berganimda ham davomiy bajarmayapsan. Men esa hali ham jimman:
Unda darsimni o’ta sifatsiz o’tyapman. Darsimda borimni berganimda, vazifalar qilinmasa indamay tura olmas edim.
Dars qoldiryapsan, kirmayapsan, kechikyapsan shunda ham jahlim chiqmayapti:
Fanimni ham o’zimni ham va seni ham hurmat qilmaydigan o’qituvchiman.
Fandan tashqari ham kamchiliklaringni ko’ryapman, lekin uni noto’g’riligini senga aytmayapman:
Seni kelajaging menga umuman qiziq emas.
Muammolaringni eshitish, unga yechimlar berish o’rniga doim o’zimnikini gapirish bilan ovvoraman:
O’zimdan mazlum yasab maza qiladigan, shaxsiyatsiz o’qituvchiman. Meni eshitma.
Xulosa
1. Sen uchun yaxshisini xohlagan ustozlar, nafsing bilan kurashishga senga yordamchi bo’ladi. Bu kurash yoqimli bo’lmasligi o’ta tabiiy.
2. O’ziga nisbatan talabchan bo’lgan insonlarning asosiy belgisi: Atrofdagilarga nisbatan ham talabchan bo’ladi. Ular ko’nmaydi. Ko’nolmaydi.
3. Eng ko’p vaqt o’tkazadigan ustozlaring senga fanidan tashqari, qadriyatlarini ham singdiradi. Shu asosida haraktering shakllanadi. Shuni hisobga olib ustoz tanla.
@javokhir_toshpulatov
>>Click here to continue<<